O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi eng yuqori hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (19,7 foiz), Sirdaryo (19,5 foiz) va Xorazm (19,1 foiz) viloyatlari bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1 mln 307,8 ming kambag‘al oilalar mavjud bo‘lib, kambag‘allik darajasi 14,1 foizni tashkil etadi, deya xabar bermoqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.

kambag‘allik darajasi, kambag‘allikни qisqartirish va bandlik vazirligi

Kambag‘allik darajasi eng past hududlar esa Toshkent shahri (8,5 foiz) va Navoiy viloyati (9,2 foiz) bo‘lib turibdi. Kambag‘allik darajasi 2022-yilda 17 foizni tashkil etgan va 2023-yilga kelib deyarli 3 foiz bandga pasaygan.

Vazirlik yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasi 14,1 foizdan (1 mln 307 ming oila) 12 foizga (1 mln 180 ming oila) tushirilib, 130 mingga yaqin oila, ya’ni 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish belgilanganini qayd etgan.

Shuningdek, ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib, respublikadagi 208 ta shahar va tuman 5 ta toifaga ajratilgan bo‘lib, bunda 20 ta tuman (9,6 foiz) 5-toifaga kiritilgan va sharoiti og‘ir tuman hisoblanadi. 5-toifaga Bo‘zatov, Kegeyli, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Shumanay, Bo‘ston, Ulug‘nor, Arnasoy, Dehqonobod, Tomdi, Mingbuloq, Qo‘shrabot, Sardoba, Bandixon, Qiziriq, Oltinsoy, So‘x, Yozyovon va Yangiariq tumanlari kiradi.

kambag‘allik darajasi, kambag‘allikни qisqartirish va bandlik vazirligi