Polsha Tashqi ishlar vazirligi va Strategik zaxiralar davlat agentligi 4 xil rusumdagi Bellavista (Shveysariyada ishlab chiqarilgan) kattalar va bolalarga moslashgan o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparatlarni beg‘araz yordam sifatida O‘zbekistonga taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Apparatlarining umumiy soni 449 dona, qiymati 17,5 million zlotiy (4,5 mln dollar)ni tashkil etadi. Ular Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalari ehtiyoji uchun ishlatiladi.

20-iyul kuni barcha apparatlar 3 ta yuk mashinalariga yuklangani holda O‘zbekistonga jo‘natilgan. Strategik zaxiralar davlat agentligining Shepetova shahridagi omborxonasida yukni qabul qilish va topshirish jarayonida O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi xodimi ishtirok etgan.