Samarqand viloyatida fuqarolarni AQSh va Isroilga noqonuniy ishga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Xususan, Paxtachi tumanida S.R. fuqaro Z.A.ni 18 500 dollar evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishini aytgan. Oldindan 12 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Payariq tumanida F.N. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishini aytgan va oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.