Mamadaminov Ulmasjon Yarmaxammatovich Guliston tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar qildi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Ulmasjon Mamadaminov 1976-yilda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.