Toshkentdagi Alfraganus majmuasi maydonida besh yulduzli Sheraton mehmonxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda.

sheraton, реклаmа

Mehmonxonada 150 ta xona, jumladan, prezident xonalari joy olishi kutilmoqda. Shuningdek, mehmonlarni 80 ta brend apartamentlar, jamoat joylari, ko‘p qavatli yerosti avtoturargohi kutmoqda. Sheraton mehmonxonasida bir nechta restoranlar, lobbi-bar, VIP-zonasi bo‘lgan launj, spa va basseyn bo‘ladi. Shuningdek, tadbirlar va banketlar uchun alohida maydon ajratiladi.

sheraton, реклаmа

Sheraton yirik xalqaro mehmonxona tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona yirik Marriot International mehmonxonalar tarmog‘ining bir qismi bo‘lib, uning portfeliga 120 mamlakatdagi 7300 dan ortiq mehmonxonalar kiradi.

sheraton, реклаmа

Besh yulduzli mehmonxona poytaxtning markaziy hududida, ochiq osmon ostidagi yirik savdo markazlaridan biri bo‘lgan Alfraganus majmuasida joylashgan bo‘ladi. ALfraganus loyihasi o‘ziga xos konsepsiyaga ega bo‘lgan yangi dam olish markazidir. Loyiha savdo markazi, restoran va kafelar, ochiq akvapark va yirik yopiq oilaviy ko‘ngilochar markazni o‘z ichiga oladi.

sheraton, реклаmа

Alfraganus hududida joylashgan akvapark oilaviy dam olish uchun to‘g‘ri keladigan joy bo‘ladi. Uning umumiy maydoni 21 500 kv.m. bo‘lib, unda 20 xil turdagi ko‘ngilochar attraksionlar bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi majmua O‘zbekiston aholisi va mehmonlari uchun uchun o‘ziga xos dam olish, biznes va xarid qilishning noyob nuqtasiga aylanishi kutilmoqda.

Reklama.