27-iyun kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Navoiy viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirildi.

reklama

Dasturda pensionerlarning hayot darajasini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Bu keksa avlod vakillariga hurmat-e'tibor ko‘rsatish, salomatligini asrashda yaqindan ko‘mak beradi.

reklama

Shuningdek, Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturida jamoat transporti bekatlari va transport to‘xtash joylarida velosipedlar uchun xavfsiz va himoyalangan maxsus joylar qurish taklifi ilgari surilmoqda. Bu fuqarolarni ekologik transport vositalaridan foydalanishga o‘tishi va ularning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Reklama huquqlari asosida.