18−25-iyun kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “Mug‘om olami” VI xalqaro festivali O‘zbekiston vakillari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu xalqaro festivalda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Misr kabi 20 dan ortiq davlatlardan 70 nafardan ortiq qatnashchilar ishtirok etishdi.

Ikki turdan iborat festivalda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Maqom xonanadaligi” kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra Shomurodova Gran-Pri, mazkur institutning “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi 2-bosqich talabasi Shohjahon Yoriyev 2-o‘rinni hamda Buxoro namunali maqom ansambli xonandasi Do‘stmurod Negmurodov 3-o‘rinni egalladi.

madaniyat va turizm vazirligi, maqom, mug‘om, озодбек назарбеков, xalqaro mug‘om festivali

Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, Gran-pri sohibiga 20 ming yevro miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Xalqaro festivalda g‘olib bo‘lgan O‘zbekistonlik ishtirokchilar 27-iyun kuni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Tantanali kutib olish marosimida madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi direktori Soibjon Begmatov, taniqli san’atkorlardan O‘zbekiston xalq artistlari Munojat Yo‘lchiyeva, Abduhoshim Ismoilov va boshqa ijodkorlar qatnashdi.

Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, festival Gran-Prisi sohibiga 20 ming yevro miqdorida pul mukofoti taqdim etildi. Shuningdek, boshqa g‘oliblari ham turli miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, “Mug‘om olami” xalqaro festivali mug‘om va unga yaqin bo‘lgan musiqalar (maqom, muqam va boshqalar) ijrochilari o‘rtasida har ikki yilda o‘tkaziladi. Haydar Aliyev jamg‘armasi, Ozarbayjon madaniya va turizm vazirligi hamda Ozarbayjon kompozitorlar uyushmasi festival tashkilotchilari hisoblanadi.