27-iyun kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 7 ta mahallaning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati poytaxt filiali.

  • Yashnobod tumani: “Yangi davr” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Qori Niyoziy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Umid” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.