25-iyun kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan yuguruvchilar ishtirokida Markaziy Osiyodagi keng ko‘lamli Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Sport bayrami ikkita muhim sana — Yoshlar kuni va Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan edi.

yangi nafas, реклaмa

Yangi Nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy olimpiya qo‘mitasi ishtirokida tashkil qilindi. Tadbirning tashkiliy va texnik tayyorgarlik ishlari O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan bajarildi, bosh hamkor — “O‘zbekneftgaz” AJ.

Butun respublika bo‘ylab 100 mingdan ziyod ishtirokchi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildi. Ularning orasidan mamlakatning 120 ta oliygohidan 17 mingga yaqin talaba o‘zlarining bayramlarini shaharlarning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yugurish musobaqasida qatnashib nishonladi. Harbiy o‘quv yurtlarining kursantlari va bitiruvchilari ham Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etdi.

yangi nafas, реклaмa

Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Nukusda yuguruvchilar ikkita masofada musobaqalashdi: 1 olimpiya milyasi (1,61 km) va 3 km ga.

Andijon, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Urganch shaharlarida 3 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi.

yangi nafas, реклaмa

Toshkentda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi Humo Arena majmuasining sport maydonchasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada olti mingga yaqin yuguruvchi ishtirok etdi. Ommaviy yugurish musobaqasining Toshkentlagi dasturida yuguruvchilar uchun uchta masofa tashkil etildi — 1 ta olimpiya milyasi (1, 61 km), 3 kilometr va 10 kilometr.

yangi nafas, реклaмa

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining ochilishida tabrik so‘zi bilan Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov chiqib, ishtirokchilarni Yoshlar kuni bilan tabrikladi va yosh avlod bugungi kunda sog‘lom va faol turmush tarzi yo‘liga turganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashining kotibi va Triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov va Milliy olimpiya qo‘mitasining bosh kotibi Oybek Qosimov so‘zga chiqdi.

yangi nafas, реклaмa

Yengil atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan Yangi Nafas ijtimoiy-sport harakati Olympic Day`ni nishonlash uchun ajoyib platformaga aylandi. Jahon sport hamjamiyati iyun oyida Xalqaro olimpiya kunining (Olympic Day) 75 yilligini nishonlaydi. O‘zbekiston Xalqaro olimpiya qo‘mitasining “Keling harakatlanamiz” (Let's Move) shiori ostidagi informatsion kampaniyasiga qo‘shildi. O‘zbekistonning oltita shahrida Yangi Nafas xalqaro loyihasining ishtirokchilari butun dunyo bo‘ylab 5 mln yuguruvchilarni qo‘llash ramzida bitta olimpiya milyasini yugurib o‘tdi.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari butun O‘zbekiston bo‘ylab 2020-yildan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. 600 mingdan ziyod ishtirokchi, millat salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan ijtimoiy-sport harakatiga qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi.

yangi nafas, реклaмa

2023-yili Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi o‘z chegeralarini kengaytirdi va qo‘shni respublikalarning Yengil atletika federatsiyalari ko‘magida yugurish musobaqasiga Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 nafarga yaqin yosh sportchilar va yugurish havaskorlari qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yangi Nafas qo‘shni mamlkatlarning tillarida yangi va yorqin ohangga ega bo‘ldi — “Nafasi nav”, “Janы dem”, “Jaña tinis” “Täze dem” hamda Markaziy Osiyodagi yugurish havaskorlari uchun kutilgan sport voqealarining biriga aylandi.

“Men Toshkentga ilk marotaba keldim va darhol bunday katta sport bayramiga qo‘shildim. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining tayyorgarligi va o‘tkazilishi eng yuqori darajada tashkil etilganligini alohida ta’kidlab o‘tishim kerak. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Tojikiston Yengil atletika federatsiyalariga sport yugurish havaskorlari uchun eshiklar va chegaralarni ochadigan mana bunday hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tojikistonda ham yugurish tobora ommalashib bormoqda va men yirik sport klublarining biri — DAV.Tj klubining a’zosiman. Ayniqsa, men bugun o‘zimning 5 va 10 km masofalik shaxsiy rekordimni takrorlaganim juda yoqimli. Yangi Nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida keyinchalik ham ishtirok etishni rejalashtiryapman”, — deb so‘zlab berdi finishdan so‘ng tojikistonlik yuguruvchi Mirzodaler Mixsinzoda.

yangi nafas, реклaмa

Sport tadbirining yakunida ommaviy yugurish musobaqasining barcha g‘oliblariga esdalik sovrinlari va sovg‘alar topshirildi. Toshkentda g‘oliblar Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi munosabati bilan “Milliy Bog'”da tashkillashtirilgan kechki konsert davomida taqdirlandilar.

Reklama huquqlari asosida.