23-iyun kuni “To‘palang GES” unitar korxonasiga tashkillashtirilgan press-tur doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov OAV vakillari bilan muloqot qildi.

Press-turda nufuzli va yetakchi OAV vakillari, xorijiy OAVning O‘zbekistondagi vakilligi xodimlari — jami 40 ga yaqin jurnalist va blogerlar faol ishtirok etishdi.

реклаmа, ўзбекгидроэнерго

Jonli va qiziqarli kechgan muloqot davomida boshqaruv raisi tomonidan “To‘palang GES” UK faoliyati, undagi:

  • inson omilisiz boshqariluvchi zamonaviy texnologiyalar, GESda o‘rnatilgan “aqlli boshqaruv tizimi” ga doir ma’lumotlar;
  • to‘palang suv ombori tarixi hamda undagi suv hajmi, bosqichma-bosqich suv omborini hajmini oshirib borish, suv ombori xavfsizligini ta’minlash borasidagi ilg‘or tizimlarni o‘rnatish;
  • To‘palang gidrouzeli;
  • To‘palang daryosi suvidan unumli va samarali foydalanish maqsadida barpo etilgan Zarchob-1 va Zarchob-2 kichik GESlari;
  • rejalashtirilgan yangi investitsiyaviy loyihalar (Zarchob-3 kichik GES va Yuqori To‘palang GESlari);
  • GESlardagi elektr energiya ishlab chiqarish faoliyati;
  • tizim tashkilot va korxonalarining faoliyati;
  • jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli faoliyat, istiqbolli loyihalar;
  • qo‘shni Tojikiston bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan gidroenergetik loyihalarga (xususan Yavan GES qurilishi loyihasi) tobora e’tibor kuchayib borayotgan yashil energetika haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga boshqaruv raisi tomonidan to‘liq va batafsil javoblar qaytarildi.

реклаmа, ўзбекгидроэнерго

Hozirgi kunda yangi istiqbolli loyiha asosida 16 MVt bo‘lgan “Zarchob-3” GES qurilishi bo‘yicha dastlabki ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, istiqbolli loyihalar asosida keyingi yillarda To‘palang daryosining yuqori qismida jami 20 ta loyihalar asosida quvvati 264 MVt bo‘lgan “Yuqori To‘palang GES” lari quriladi.

Ushbu jarayonda esa jamiyat va xususiy sektor tomonidan ishga tushiriladigan mikro GESlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida jami 55 ta loyiha asosida jami quvvati 25,8 MVt bo‘lgan loyihalar ishga tushiriladi. Shundan 2023-yilda sakkizta loyiha asosida jami quvvati 10,1 MVt bo‘lgan yangi loyihalar ishga tushirilib, aholiga elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu borada, jamiyat tomonidan quvvati 9,1 MVt bo‘lgan beshta loyiha ishga tushirilishi, xususiy sektor tomonidan yangi uchta loyiha — quvvati 1 MVt bo‘lgan mikro GESlar ishga tushiriladi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 582 mln kub. m tabiiy gazni iqtisod qilinishiga erishiladi. Shuningdek, 1560 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, 850 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

реклаmа, ўзбекгидроэнерго

Surxondaryodagi To‘palang suv ombori Sariosiyo tog‘laridan oqib tushgan suvlarni bir joyga to‘plash natijasida vujudga kelgan. O‘ziga xos tabiati va baland tog‘lar qurshovidagi ushbu katta gidroinshoot bu yerda yashovchi aholi uchun eng zarur manba hisoblanadi. Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi ekinzorlar mazkur suv ombori orqali sug‘orilsa, uning quyi qismidagi GESlar quvvati viloyatning janubiy hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. To‘palang suv omborining sig‘imi 500 mln kub. m ga teng.

O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 1 va 2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida To‘palang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha ko‘rsatmalariga muvofiq, hozirgi kunda viloyatning 11 ta tumanida amaliy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Bu juda murakkab loyiha bo‘lib, dastavval To‘palang suv omborining quyi qismida bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari qurilmoqda. To‘palang suv omboridan olingan suv avval asosiy inshootga quyiladi, keyin esa magistral quvurga uzatiladi.

Loyihaga ko‘ra, To‘palang suv ombori tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 km quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1,7 mln aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.

Loyihaning umumiy qiymati 138 mln dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

реклаmа, ўзбекгидроэнерго

Loyiha yakunida 11 mingdan ortiq xonadonda yashovchi 44 ming nafardan ziyod insonlarni ilk marta ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi. 18 805 xonadonda yashayotgan 75 mingdan ziyod kishining bu boradagi ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Natijada, viloyat aholisini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70% dan oshadi. Qolaversa, 945 ta xonadon yoki 4000 ga yaqin aholining oqova suv quvuri tizimiga ulanishiga imkon yaratiladi.

Press-tur davomida “O‘zbekgidroenergo” boshqaruvi raisi bilan o‘tkazilgan jonli muloqot jurnalist va blogerlar uchun O‘zbeksiton gidroenergetika sohasi bilan yaqindan to‘laqonli tanishish, joriy va istiqbolli loyihalar, hamkorlik loyihalari haqida yetarlicha ma’lumot olish, amaliy ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish, asosiy ko‘rsatkichlar va tahliliy ma’lumotlarni olishga xizmat qildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ O‘zbekiston tabiiy suv resurslaridan oqilona foydalangan holda, xalqimiz xonadonlaridagi yorug‘lik manbai barqarorligini, aholini qayta tiklanadigan, ekologik toza va arzon elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash jarayoniga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

реклаmа, ўзбекгидроэнерго

Gidroenergetika sohasining taraqqiyoti O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishi shubhasiz.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan qurilayotgan yangi GESlar, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar, amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada taraqqiy etishiga, xalqi turmush farovonligining oshishiga muhim hissa qo‘shadi.

Reklama huquqlari asosida.