25-iyun kuni Toshkentda hamda O‘zbekistonning 15 ta shahrida Yoshlar kuni va Olympic Day kuniga bag‘ishlangan xalqaro miqyodagi Yangi Nafas yugurish musobaqasi va Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Yangi Nafas xalqaro yugurish musobaqasi Markaziy Osiyoda o‘tkaziladigan yirik ommaviy sport tadbirlaridan biridir. Mamlakat bo‘ylab poygada 50 mingdan ortiq yuguruvchi ishtirok etadi. Shu bilan birga mazkur poygaga ilk bor Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonlik yuguruvchilar ham qo‘shiladi.

25-iyun kuni Toshkentda Humo Arena sport majmuasi maydonida Yangi Nafas marafoni start oladi. Ishtirokchilar Olympic Day munosabati bilan 3 km, 10 km va 1 mil (1,61 km) masofalardan birini tanlashlari mumkin.

Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Nukus shaharlarida ikki masofadan birini tanlash mumkin — 3 km va 1 mil, Andijon, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Urganch shaharlarida esa faqat 3 km masofa mavjud.

Barcha shaharlarda tonggi soat 6:00 da musobaqaga start beriladi.

Viloyatlardagi Yangi Nafas poygasida ishtirok etish bepul. Toshkent shahrida iticket.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Start to‘plamlari 23 va 24-iyun kunlari Yengil atletika federatsiyasida tarqatiladi.

25-iyun kuni soat 19:30 dan 21:30 ga qadar Milliy Bog‘ istirohat va madaniyat bog‘ida Yoshlar kuni va Olympic Day kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan Yangi Nafas yugurish musobaqasi munosabati bilan mashhur o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida bayram konserti bo‘lib o‘tadi. Konsert davomida Yangi Nafas yugurish musobaqasi g‘oliblariga tantanali ravishda sovg‘alar va sovrinlar topshiriladi.

Yoshlar kuni va Olympic Day bayramini birga nishonlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan maqul.

“Bir Vatanda, bir vaqtda, bir maqsadda, birga yuguramiz”.

Reklama huquqlari asosida.