Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 22-iyun kuni poytaxtning 4 ta tumanidagi MFYlarning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahri filiali.

Manzillar

  • Olmazor tumani: “Paxta” MFYning ayrim ko‘chalarida — soat 10:00 dan 14:00 gacha;
  • Yunusobod tumani: “Sandiq qo‘rg‘on” MFYning ayrim ko‘chalarida — soat 10:00 dan 16:00 gacha;
  • Yashnobod tumani: “Jarboshi” MFYning ayrim ko‘chalarida — soat 10:00 dan 16:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Gulsanam” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Rejali o‘chirilishlardan tashqari aholi nosozliklar tufayli ham elektrsiz qolmoqda. Jumladan, 21-iyun kuni Mirobod tumanidagi “Sazit” podstansiyasidan chiquvchi kabel tarmog‘i jiddiy shikastlangani ortidan tumandagi “Temiryo‘lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik”, “Istiqlolobod”, “Sarako‘l”, “Banokati” va “Navro‘z” mahallalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.