16-iyun kuni Andijon viloyatida yangi mikro GESlarning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov, viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Xamrayev, “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov, hamda mas’ul rahbarlar, mahalliy xususiy sektor vakillari — tadbirkorlar, mahalla faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Yangi istiqbolli loyihalarni ishga tushirilishi natijasida O‘zbekiston gidroenergetika salohiyati yanada ortadi hamda arzon yashil elektr energiya manbasini ishlab chiqarish keskin oshiriladi. Shu maqsadda, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan respublika bo‘ylab jami 250 ta umumiy quvvati 125 MVt, o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi 675 mln kVt/soat bo‘lgan mikro GES loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirildi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

16-iyun sanasida ana shu manzilli ro‘yxati shakllantirilgan Andijon tumanining Zavroq mahallasi kanalining birinchi piketida quvvati 200 kVt, yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln kVt/soat bo‘lgan “Zavroq” mikro GES ishga tushirildi. Ushbu loyihani ishga tushirish orqali, kelgusida Andijon tumanining 300 ta xonadonini yoki 1200 nafar aholisini elektr energiya manbai bilan ta’minlash imkonini beradi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Loyihaning umumiy qiymati 3,4 mlrd so‘mni, xususan asbob-uskunalar 1,9 mlrd so‘mni, qurilish-montaj ishlari 1,5 mlrd so‘mni, shundan 220 mln so‘m quvvatni tarmoqqa uzatish xarajatlarini tashkil etdi. Loyihaning o‘zini iqtisodiy jihatdan qoplash muddati 4,4 yilni tashkil etadi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ulug‘nor kanalining 85 piketida yangi charxpalak tipidagi mikro GESi ham yangi quvvatda ishga tushirildi. Quvvati 50 kVt, yillik ishlab chiqarish quvvati 360 ming kVt/s tashkil etgan mazkur mikro GES 150 ta xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega.

Loyiha doirasidagi loyihalashtirish, qurilish hamda uskunalarni o‘rnatish ishlari nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida, ya’ni, ikki oyda amalga oshirilishiga muvaffaq bo‘lindi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Mazkur loyihaning hujjatlari “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi “Gidroproyekt” AJ tomonidan 10 kun muddatda ishlab chiqilgan bo‘lsa, loyiha agregatlari “Suvsanoatmash” AJ ishlab chiqarish negizida, sanoat kooperatsiyasi asosida Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda qisqa bir oylik fursatda ishlab chiqarilib, loyiha maydoniga yetkazib berildi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Birgina Andijon viloyatida aniqlangan dastlabki ro‘yxatga ko‘ra umumiy quvvati 19 MVt bo‘lgan jami 52 ta mikro GESlarni qurish rejalashtirilgan. Shundan, 2023-yilda umumiy quvvati 2130 kVtli yettita qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, suv bosimida ishlovchi uchta mikro GES, ikkita suv yuzida suzib turuvchi kinetik gidroagregat hamda ikkita charxpalak turidagi loyihaning ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish hisobiga mahalliy hududda uzluksiz elektr energiyasi ta’minotiga ega bo‘lish bilan bir qatorda, doimiy asosda 40 taga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Qurilish-montaj ishlari tender savdolari orqali aniqlangan mahalliy pudrat tashkiloti tomonidan 45 kunda amalga oshirildi.

Bundan tashqari, 2023−2024-yillarda Andijon viloyatida quvvati 6,9 MVt, o‘rtacha yillik energiya ishlab chiqarishi quvvati 33 mln kVt/soatga teng “Janubiy Farg‘ona kanalida JFK-3 GES qurilishi” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu loyihani ishga tushirish orqali, kelgusida Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 14 ming xonadonni ekologik toza energiya manbai bilan ta’minlash imkonini beradi.

реклама, ўзбекгидроэнерго

Shuningdek, hududlarda “O‘zbekgidroenergo” AJ va Hindistonning “Maklek” kompaniyasi o‘rtasida suv yuzasida suzib turuvchi kinetik turbinali innovatsion gidroagregatlarni O‘zbekistonda Made in Uzbekistan brendi ostida ishlab chiqarish hamda amaliyotga keng tatbiq etish mo‘ljallangan. Mazkur innovatsion gidroagregatlar ham aynan Andijon viloyatining Xonobod shahrida 2023-yilning iyul oyida joriy etilib, jami quvvati 800 kVt bo‘lgan ikkita agregat o‘rnatiladi.

Reklama huquqlari asosida.