5-iyun kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida erkak o‘z joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 00:30 atrofida 1985-yilda tug‘ilgan erkak qo‘p qavatli yashash uyining 4-qavatidan o‘zini tashlab, vafot etgan. Tekshirish davomida marhum plastik rom ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullangani va so‘nggi vaqtlarda qarzlari ko‘payib ketgani sababli tushkunlikda yurgani aniqlangan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.