4-iyun kuni Janubiy Koreyada start olgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

4 kun davom etgan musobaqada o‘zbekistonliklar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza — jami 9 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindistondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Oltin medal:

  • Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash);
  • Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash);
  • Dilshoda Usmonova (stipl-chez);
  • O‘g‘iloy Norboyeva (ko‘pkurash).

Kumush medal:

  • Dunyozod Sayfullayev (disk uloqtirish);
  • Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish);
  • Elina Silyamiyeva (bosqon uloqtirish);
  • Nodir Norboyev (o‘n kurash).

Bronza medal:

Samandar Mahmudov (o‘n kurash).