O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Coca-Cola Uzbekistan hamkorligida 5-iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekologik tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar doirasida 4-iyun kuni uchta zamonaviy yo‘nalish: sog‘lom turmush tarzi, atrof-muhitga g‘amxo‘rlik hamda aylanma iqtisodiyot tamoyillarini o‘zida mujassam etgan yugurish va chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha eko-poyga tashkil etildi.

coca-cola uzbekistan, pet2natureuz, reklama

Tadbir ikki oydan ortiq vaqt davomida Toshkent oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan #PET2NATUREUZ chellenjining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Eko-chellenj va plogging davomida yig‘ilgan plastmassa qayta ishlash va Qoraqalpog‘istondagi yovvoyi hayvonlarni sug‘orishga ishlatiladigan geomembrana ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ushbu material cho‘ldagi yovvoyi hayvonlarga suv ichishlarida yordam beradi. Geomembrana Qoraqalpog‘istondagi qo‘riqxonalardan biriga 17-iyun kuni nishonlanadigan Umumjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘rnatiladi.

Kelgusida ushbu tadbirlar Orol dengizining ekologik falokat zonasidagi tabiat-muhitning kichik maydonini yaxshilaydi va yashil texnologiyalar, tabiatdagi suv resurslarini qayta ishlash va qayta tiklashning keng imkoniyatlarini namoyish etadi.

coca-cola uzbekistan, pet2natureuz, reklama

Chellenjda ishtirok etgan universitetlar va ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bundan tashqari, barcha ishtirokchi universitetlarda qayta ishlangan plastmassadan skameykalar o‘rnatiladi, ular chellenj hamkori Sanfa tomonidan ishlab chiqariladi. Chellenj g‘olibi — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bosh sovrin — yangi o‘quv yilida universitet talabalari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Movie Night by Coca-Cola uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

coca-cola uzbekistan, pet2natureuz, reklama

“Coca-Cola`ning maqsadi dunyoni yangilash va uni yaxshi tomonga o‘zgartirishdir. Biz bu maqsadimizga dunyo miqyosida 137 yil va O‘zbekistonda 30 yil davomida sodiq qoldik. Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, „Ekomaktab“ nodavlat notijorat tashkiloti va BMT`ning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturiga atrof-muhitni yaxshilash, chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash, shuningdek, chekka hududlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash va suvni tabiatga qaytarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik va qo‘llab-quvvatlovlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ekologiya sohasida innovatsion yechimlarni tatbiq etgani uchun Sanfa Products kompaniyasiga esa alohida minnatdorchilik bildiraman”, — dedi Coca-Cola Icecek kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh menejeri Ezel Agaoglu.

coca-cola uzbekistan, pet2natureuz, reklama

Shuningdek, tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi maqsadlarga erishishda davlat tashkilotlari, biznes va jamiyat hamkorligi muhim ekanligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Coca-Cola Uzbekistan, Yoshlar ishlari agentligi va Coca-Cola kompaniyasining Go Wasteless loyihasi hamkorligi ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘zaro hamkorlik va ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi mustahkam platforma vazifasini bajardi.

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunida Coca-Cola Uzbekistan Yer sayyorasini yaxshilashga yordam beradigan barqaror yechimlarni ishlab chiqishda erishilgan muhim yutuqlarni nishonlamoqda.

2018-yilda kompaniya plastik chiqindilar bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z mas’uliyatini anglagan holda, aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali chiqindilarni boshqarishni tizimli ravishda o‘zgartirishga qaratilgan ulkan “Chiqindisiz dunyo” strategiyasini e’lon qildi.

coca-cola uzbekistan, pet2natureuz, reklama

2018-yildan hozirgi kungacha Coca-Cola butun dunyo bo‘ylab kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarning 61% ekvivalentiga teng bo‘lgan qadoqlarni yig‘ish va qayta ishlashni targ‘ib qilmoqda, qadoqlashda 25% qayta ishlangan material ishlatiladi, ishlatilgan qadoqlarning 15% qayta ishlangan plastik, shuningdek, Coca-Cola mahsulotlari qadoqlarning 90% qayta ishlangan mahsulotdan tayyorlanadi. O‘zbekistonda Coca-Cola tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning barcha qadoqlari 100 foiz qayta ishlangan materialdan tayyorlanadi.

O‘zbekistonda Coca-Cola fondi 12 yildan ortiq vaqt davomida barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda BMTTD bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida Coca-Cola fondining moliyaviy ko‘magida BMTTD O‘zbekistonning chekka hududlarida suv tanqisligi muammolarini hal qilishga qaratilgan bir qancha loyihalarni amalga oshirdi.

Suv resurslarining xavfsizligini yaxshilash Coca-Cola kompaniyasi uchun ustuvor maqsadlardan biridir, chunki suv, bu — hayot manbai, undan ishlab chiqariladigan ichimliklar jamiyatlar va unda yashovchilar uchun zarurdir. 2015-yildan beri kompaniya har yili 100 foiz suv ta’minotini boyitish va 2021−2030-yillar oralig‘ida butun dunyo bo‘ylab tabiat va jamiyatlarga jami 2 trln litr suvni qaytarishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.