Ozarbayjon poytaxti Bokuda start olgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) bronza medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda. U musobaqaning birinchi kunida yaqori reytingi sabab birinchi davradan erkin o‘tdi. Ilk jangini esa Malavilik Jozef Firiga qarshi boshladi va 2 raundni muddatidan avval yakunladi.

Olimpiya chempioni keyingi jangda tunislik Yasir Aounini musobaqadan chiqarib yubordi. Undan so‘ng, turkiyalik Ferhat Kavuratni yengib, chorak finalga chiqdi. Chorak finalda esa Rashitov gretsiyalik taekvondochi Konstantinos Chamalidisni yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda o‘zbekistonlik sportchi koreyalik Xo Jun Jin bilan to‘qnash kelib, 1:2 hisobida yengildi va turnirni uchinchi o‘rin bilan yakunladi. Uning raqibi esa kumush medal oldi. U finalda britaniyalik Bredli Sindenga mag‘lub bo‘ldi.

Sovrindorlar (-68 kg):

  1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya)
  2. Xo Jun Jin (Janubiy Koreya)
  3. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston)

Bu Rashitov uchun faoliyatida jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.

taekvondo

U bilan bir kunda dayanga chiqqan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Madina Mirabzalova (57 kg) esa chorak finalgacha yetib keldi va kuchli sakkizlikda o‘rin oldi.