Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ramazon Abdullayev Haj safari uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan o‘zi yashaydigan Gumatak qishlog‘ida ko‘prik qurib berdi, deya xabar qilmoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, Ramazon Abdullayevga tuman hokimligi ham yordam berib, temir-beton materialini yetkazib bergan.

“Boysun tumani Gumatak qishlog‘i aholisi, ayniqsa, maktab o‘quvchilari tog‘li hududdagi soyga bahor fasli sel kelganda qishloq markaziga qatnashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi. Soy ustida yog‘in-sochinli kunlarda nafaqat piyodalar balki, og‘ir yuk mashinalari ham xavfsiz harakatlanadigan keng, mustahkam ko‘prik barpo etildi”, — deyiladi xabarda.

Ko‘prikning ochilish marosimida Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov deputat Ramazon Abdullayevga tuman hokimligi va keng jamoatchilik tashakkurnomasini topshirdi.

Foto

ko‘prik, хаж

ko‘prik, хаж

ko‘prik, хаж