17-may kuni Xalqaro savdo markazi (XSM), BMT va JST qo‘shma agentligi Olma-ota shahridagi (Qozog‘iston) matbuot-anjumani davomida Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan Ready4Trade Central Asia loyihasi natijalarini taqdim qildi.

Yakunda loyihaning uchta tarkibiy qismi bo‘yicha quyidagi natijalar e’lon qilindi:

  1. Savdo tartibini soddalashtirish bo‘yicha portal. Bugungi kunda “Uzbekistan Trade Info” mahalliy platformasi 54 ta muhim mahsulot guruhlari bo‘yicha import, eksport va tranzit rasmiyatchiliklari yuzasidan qadam-baqadam yo‘l-yo‘riq, jumladan, zarur hujjatlar, shakllar va amaldagi qoidalar va tartiblar, shuningdek, kichik biznes uchun muhim axborotlar taqdim etib kelmoqda. Platforma ishga tushgan 2022-yil 23-noyabr sanasidan boshlab undan 4600 dan ziyod kishi foydalangan va uning auditoriyasi o‘sishda davom etmoqda.
  2. Transchegaraviy boshqaruv bo‘yicha o‘quv dasturi. Mintaqaviy va xalqaro savdoni rivojlantirish uchun XSM kichik va o‘rta biznes korxonalari (KO‘BK) uchun tartiblar va normativ transchegaraviy talablarni qamrab olgan bepul kurslar ishlab chiqdi va o‘tkazdi, ular doirasida bugunga kelib O‘zbekistonda 980 dan ortiq benefitsiarlar sertifikatga ega bo‘ldi.
  3. Dasturning genderga oid tarkibiy qismi. XSM Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida 1500 dan ortiq ayol ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazdi. Chegara xizmatlarining 600 dan ziyod xodimi genderga xos chegara muhitini yaratish maqsadida savdoga ko‘maklashishning adolatli, axloqiy metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tdi. O‘zbekistonda yuzma-yuz seminarlarda instruktorlar qo‘l ostida 1000 dan ziyod KO‘B benefitsiarlari tayyorgarlikdan o‘tkazildi, ulardan 50% ga yaqinini ayollar tashkil etdi.

“Info Trade Central Asia Gateway loyihasining ishga tushirilishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim bosqich sanaladi. Bu Markaziy Osiyoda xususiy sektor salohiyatini kashf etish sari muhim qadamdir”, — deb ta’kidladi dastur rahbari, Qozog‘istondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakili Yuriy Sakskevich.

read4trade, реклама

“Transchegaraviy savdoda shaffoflik xalqaro savdo uchun muhim ahamiyatga kasb etadi. Central Asia Gateway va Ready4Trade Markaziy Osiyo va uning hamkorlari loyihasi eksportini boshqarish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv dasturi bu — xususiy sektor, xususan, kichik biznes talablariga zamonaviy javob demakdir”, — deb ta’kidladi Xalqaro savdo markazining savdo tartiblarini soddalashtirish masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Per Bontonno.


Eksport va xalqaro savdo bo‘yicha o‘quv dasturi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda mintaqaviy va xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan va Xalqaro savdo markazi (XSM) amalga oshiradigan “Ready4Trade Markaziy Osiyo” mintaqaviy loyihasining bir qismi hisoblanadi.

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘quv dasturi bo‘yicha O‘zbekistondagi hamkor hisoblanadi va ular tomonidan UzExport Academy onlayn-o‘quv platformasi orqali barcha istovchilar uchun eksport jarayoni va xalqaro savdo bo‘yicha bepul o‘qish imkoniyati taqdim etilmoqda. Hamda O‘zbekiston tashqi savdo tartibi bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanma bilan quyidagi havola orqali va Central Asia Gateway veb-sahifasida tanishib chiqish mumkin.

Ready4Trade Central Asia xaqida batafsil ma’lumotni loyiha saytida va quyidagi havola orqali olish mumkin.

Xalqaro savdo markazi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali, hamda tashkilot ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida olish mumkin.

Sayt: intracen.org
Facebook: fb.com/InternationalTradeCentre
Instagram: @internationaltradecentre
Twitter: ITCnews
LinkedIn: international-trade-centre
Flickr: international-trade-centre

Reklama huquqlari asosida.