Zamonaviy insonni smartfonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozir hamma narsa telefonga bog‘liq: muloqot, moliyaviy menejment, xotiralar va boshqalar. Shuning uchun qaysidir paytda hayotiy savol tug‘iladi — qiyin paytlarda pand bermaydigan qanday smartfon sotib olsa bo‘ladi? Bozorda hozir turli xil xususiyatlarga ega ko‘plab smartfonlar mavjud, ba’zilarini esa tushunishni o‘zi qiyin.

HONOR brendi yangi HONOR X9a smartfonini taqdim etadi, u boshqalardan ajralib turuvchi bir qancha ustuvor funksiyalarga ega. Oqlangan yumaloq qirralarga ega yupqa korpus, zamonaviy 5G`ni qo‘llaydigan chip, ishlash kuchini oshirish uchun kengaytirilgan operativ xotira, 5100mA*ch sig‘imli akkumlyator, 40 Vt kuchida tez zaryadlanuvchi HONOR SuperCharge batareya, 64 Mp uchta kamera, 120 Gs yangilanish tezligiga ega yorqin OLED ekran — bularning barchasi HONOR X9a haqida.

honor, реклама

Birinchi sabab — o‘zgacha dizayn

HONOR X9a birinchi nigohdayoq yoqimli tuyg‘ularni uyg‘otadi — dizayni boshqa smartfonlardan ajralib turadi. Yangi qurilma o‘zining nafis egri displeyi, hamda yuqori darajadagi tasnifi bilan e’tiborni tortadi. Bundan tashqari, telefon korpusi nafislik mavzusini davom etgan holda bor yo‘g‘i 7,9 mmni tashkil qiladi. Shu sababli, qurilma kundalik foydalanuvchi egasini tom ma’noda qulaylik dengiziga “sho‘ng‘itadi”.

Tashqi ko‘rinishdagi ustunliklar bular bilan tugab qolmaydi. HONOR dizaynerlari qurilmaning old kamerasiga o‘ziga hos ko‘rinish berib, X9a`ga yana bir ustunlik taqdim eta olishgan. Modul va yorituvchi chiroq estetik zavq beradigan, xuddi zamonaviy soatlarga ishora qiladigandek — qora ingichka panelda joylashtirilgan.

honor, реклама

Ikkinchi sabab — yorqin va tez ishlaydigan ekran

HONOR X9a smartfonining eng muhim xususiyatlaridan biri uning zamonaviy funksiyalarga ega yuqori darajadagi flagman OLED ekranidir. Murakkab egri qirralardan tashqari, displey nozik qirralari va deyarli sezilmaydigan, nafis tarzda ekranga integratsiyalangan old kamerasi bilan foydalanuvchi e’tiborini tortadi.

HONOR X9a displeyining qirralari optimal burchak ostida yaxlitlangan, bu esa smartfonni bir qo‘l bilan ishlatishda tasodifiy teginishdan qo‘shimcha himoyani talab qiladi. Xavotirga o‘rin yo‘q — bu funksiya ham telefonda mavjud: u egasi tasodifan ekranning yaxlit nuqtasiga tegsa “biladi” va yolg‘on ko‘rsatmalarni minimallashtiradi.

Qurilma ekran diagonali ta’sirli 6,67 dyuymni tashkil etadi, bu esa o‘z o‘rnida qulay kundalik foydalanish va kontent yaratish uchun yetarli bo‘ladi. Ushbu displeydan filmlar va videolarni tomosha qilish egasiga zavq va yorqin his-tuyg‘ularni bag‘ishlaydi. 2400×1080 piksellar va 1,07 milliard rang ko‘rinishga ega displey o‘yinlar, filmlar va fotosuratlardagi tafsilotlarni yanada yaxshiroq ko‘rishga yordam beradi.

Yangi qurilma ekrani 800 nit`gacha yuqori yorqinlikka ega. Bu ushbu qiymat sababli smartfondan hatto quyoshli yoz kunida ham qulay foydalanish mumkin degani. Misol uchun, yozning yorqin quyoshi ostida cho‘l hududida sayohat qilganingizda ham, HONOR X9a ekranidan turgan joy haqidagi ma’lumotlarni o‘qish, navigator orqali o‘tish, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazish va hatto film tomosha qilish mumkin.

Darvoqe, ijtimoiy tarmoqlar haqida: HONOR X9a 120 Gs gacha bo‘lgan yuqori yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa egasiga ijtimoiy media tasmalarini qulay aylantirish va o‘yinlarda ko‘zni quvontiradigan darajadagi animatsiyalar bilan ta’minlab bera oladi degani. Ushbu chastota moslashuvchan, ya’ni, 60 va 120 Gs oralig‘ini tanlash imkoniyatini beradi, shunday qilib batareya quvvatini tejash yoki smartfon displeyidagi ilovalar, interfeys va o‘yinlarda silliq harakatlarni tanlash mumkin.

Mobil o‘yinlar muxlislari uchun 300 Gs chastotali sensorli qatlamning yuqori namuna olish tezligi va bir pikseldan kamroq teginish aniqliligi foydali bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlar smartfon egasiga o‘yinlarda aniqlik va tezlikni beradi. Misol uchun PUBG`da raqiblar bilan janglarda o‘yinchining barmoq uchlari tegishi bilan shu zahoti qahramonning reaksiya berishi muhim ahamiyatga ega.

Yangi HONOR X9a displeyidagi yana bir ustunligi uning xavfsizligidir:

  • smartfon tirnalish va shikastlanishdan mustahkamlangan shisha bilan himoyalangan;

  • 1920 Gs gacha bo‘lgan PVM chastotasi bilan ishlaydi, bu miltillash tufayli ko‘zning charchashidan himoya qiladi;

  • ko‘k yorug‘likning yorqinligini pasaytiradi, shu bilan ko‘z zo‘riqishini kamaytiradi;

  • barmoq izi skaneri yordamida egasining ma’lumotlarini buzg‘unchilardan ishonchli himoya qiladi.

Uchinchi sabab — baquvvat “temir”

Egasining interfeys va ilovalarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun smartfonga HONOR X9a da ham mavjud bo‘lgan baquvvat “temir” kerak.

HONOR X9a ichida Qualcomm Snapdragon 695 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, uning imkoniyatlari bir necha yillar davomida saqlanib qoladi. Ushbu protsessor ommabop talabchan o‘yinlarning qulay grafik sozlamalaridan o‘tishini va interfeysning “qotishlarsiz” ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, u Toshkentda allaqachon ishlayotgan va foydalanuvchini yuqori tezlikdagi internet aloqasi bilan ta’minlaydigan zamonaviy 5G aloqa standartini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu hali hammasi emas. HONOR X9a yangi Turbo X RAM kengaytirish texnologiyasi bilan jihozlangan, bu esa mavjud 6 yoki 8 Gb tezkor xotiraga yana 5 Gb tezkor xotira qo‘shadi, degani. Bu telefon uchun ko‘proq ilovalarni ochiq saqlash va ularni tezroq ishga tushirish uchun foydalidir. Ushbu texnologiya tufayli HONOR smartfonlari sohibiga Magic UI 6.1 interfeysi va ilovalarining barqarorligini oshirib beradi.

honor, реклама

To‘rtinchi sabab — yuqori avtonomlik darajasi

Yangi smartfon tanlashda yana bir muhim jihat — uning batareya quvvati va zaryad tezligi. HONOR X9a ichida 5100 mA/soat sig‘imli akkumulyator mavjud bo‘lib, u qurilma egasiga uzoq avtonom faoliyatni taqdim eta oladi — aqlli energiya tejovchi texnologiyalari tufayli smartfon ikki kun ham quvvatlanmasdan ishlashga qodir.

DXOMARK laboratoriyasi mutaxassislari yangi HONOR X9a ni yuqori baholab, uni 143 ball bilan avtonomiya reytingida kuchli beshlikka kiritdilar. Laboratoriya mutaxassislari smartfonlarda jami 150 dan ortiq akkumulyatorlarni sinovdan o‘tkazishdi. Aytgancha, ushbu reytingda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni ham HONOR smartfonlari egallab turibdi — mos ravishda 152 va 147 ball bilan Magic5 Lite va X7a.

Yangi HONOR X9a`ni quvvatlantirish zarur bo‘lganda esa 40 Vt quvvat bloki telefon to‘plami bilan birga yordamga keladi — unga ortiqcha pul sarflashning hojati yo‘q. Tez zaryadlash texnologiyasi tufayli elektr tarmog‘iga ulangandan so‘ng bor yo‘g‘i 30 daqiqada telefon 57% quvvatlana oladi. To‘liq 100% gacha quvvat olish uchun atigi 73 daqiqa vaqt ketadi.

honor, реклама

Beshinchi sabab — hayotiy barcha holatlar uchun kameralar

HONOR X9a kameralari noodatiy uslubda bezatilganidan tashqari, texnik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Shunday qilib, asosiy modul 64 megapikselli kameraga ega bo‘lib, u atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni yuqori darajadagi tafsilotlar bilan suratga oladi. f/1.8 asosiy modulining diafragmasi maxsus “tungi” rejim bilan birgalikda foydalanuvchiga kam yorug‘lik sharoitida ham yorqin rasmlarni taqdim etadi.

honor, реклама

Bundan tashqari, yangi smartfon yana ikkita kamera bilan jihozlangan. Keng burchakli 5 megapikselli sensor ta’sirchan arxitektura suratlarini olish va asosiy kameraga qaraganda ko‘proq odamni kadrga sig‘dirish imkonini beradi. Shuningdek, orqa panelda kichik obyektlarni yaqin masofada suratga olish uchun 2 megapikselli makrokamera va yorqin chiroq (“vspыshka”) mavjud.

Old paneldagi ekrandagi chiroyli kesmada esa 16 megapikselli old kamera mavjud. U 1080p gacha bo‘lgan o‘lchamlarda video yozib olishi mumkin, shuningdek, egasini yuzidan tanib, smartfonni qulfdan chiqarishni ham biladi. Bundan tashqari, selfi kamerasi fon xiralashganda portret rejimida suratga olishga qodir, tabassumni aniqlay oladi va arsenalida ko‘plab filtrlar mavjud.

honor, реклама

Narxlari qanday?

Yangi HONOR X9a smartfoni yuqori darajadagi zamonaviy ko‘rinishga va flagman xarakteristikalariga ega hamda o‘z narxi, qurilma darajasi va imkoniyatlari bo‘yicha ham kutilganidan oshib ketadi. U kamera blokining noodatiy dizayniga ega nozik korpus, yorqin yuqori darajali ekran, samarali vazifalarni bajarish uchun kuchli protsessor, yaxshi foto va video oladigan kamera, tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

11-maydan boshlab yangi mahsulot Texnomart, Credit Asia, Media Park va brendning boshqa hamkor do‘konlarida mavjud. Tavsiya etilgan chakana narxi 6/128 GB xotiraga ega versiya uchun 4 090 000 so‘mni tashkil qiladi. 8/256 GB modeli iyun oyida sotuvga chiqariladi. 11-maydan 15-iyungacha mijozlar HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite TWS-garnituralarini sovg‘a sifatida olishadi.

Reklama huquqlari asosida.