Turkiya halol mehmonxonalari musulmon an’analariga rioya qilishning keng imkoniyatlarini taqdim qiladi. Musulmon oilalar uchun yozgi ta’tilni rejalashtirishdagi hal qiluvchi omil, bu — mehmonxonalarning muhim diniy qadriyatlarga mos kelishidir. Turkiya o‘z hududida aynan shunday qulay va yoqimli dam olishni tashkil qilishda nozik yondashuv bilan ajralib turadigan bir qator taniqli mehmonxonalarni taqdim etadi.

asialuxe travel, реклама

Betakror maskan

Bugungi kunda halol dam olish maskanlari eng eksklyuziv sayyohlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Turkiyadagi maxsus mehmonxonalar shu kesimda ko‘plab takliflarga ega. Boy islom tarixi va madaniyati, diniy qadriyatlarni inobatga olgan holda, bu yurtda sayyohlar uchun turar-joy sharoitlaridan tortib, maxsus tayyorlangan va tanlangan xodimlargacha, ayollar va erkaklar uchun alohida-alohida kichik tafsilotlarga ham e’tibor qaratgan ko‘plab mehmonxonalar taklif etiladi. Antaliyadagi asl musulmon mehmonxonalari bilan eksklyuziv hamkorlikka ega Asialuxe Travel alkogol ichimliklaridan holi bo‘lgan All Inclusive kompleks turlarini taklif etadi.

asialuxe travel, реклама

Musulmonlarga uchun mehmonxonalar xususiyatlari

Halol turizmning asosi, bu — islom shariyati qonunlarini hurmat qilgan xolda ibodat, ma’naviy rohatlanish va sifatli dam olishni uyg‘unlashtirish imkoniyatidir. Musulmon mehmonxonalarining har bir xonasi joynamoz, muqaddas Kitob va tahorat uchun zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, erkaklar va ayollar uchun alohida namozxonalar, axloqiy, diniy ma’ruza va darslar kabi halol ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Muhimi, barcha qo‘shimcha tadbirlar tashrif buyuruvchilarning ma’rifiy talablari va e’tiqodlarini hisobga olgan xolda tashkillashtiriladi.

asialuxe travel, реклама

Ayollar va erkaklar uchun alohida hududlar

Musulmon inson mehmonxonani tanlashda doimo o‘zi, oilasidagi ayol-qizlar uchun yaratilgan sharoit va maxsus qoidalarni e’tiborga oladi. Bunday dam olishning muhim jihatlaridan biri erkaklar va ayollar uchun suv havzalari, sohillar va SPA markazlari kabi suv inshootlarining alohida bo‘lishidir.

asialuxe travel, реклама

Bundan tashqari, mehmonxonaning ajratilgan hududlarida tashrif buyuruvchilarga tegishli jinsdagi maxsus tanlangan xodimlar xizmat ko‘rsatadi: ayollar hududida — faqat ayollar, erkaklar uchun esa faqat erkaklar. Negaki bu qoida har bir sayyohning xavfsizligi va qulay hordiq chiqarishi garovidir. Turkiya muslim mehmonxonalarida har bir kishi maroqli dam olishi mumkin, sababi bu yerda ma’lum qoidalarga amal qilinadi, masalan, suv havzasida yoki dengizda suzish, dam olish paytida ham mehmonlarga ochiq kiyimda bo‘lishga ruxsat berilmaydi.

asialuxe travel, реклама

All Inclusive menyu

Musulmon mehmonxonalarining muhim afzalligi — halol va alkogolsiz All Inclusive menyu bo‘lib, taomlarning boy tanlovi va keng assortimentini taqdim etadi.

asialuxe travel, реклама

Mehmonxona turistlari barcha diniy talablar asosida tayyorlangan halol taomlarning sifat mezonlari va kafolati borasida xotirjam bo‘lishlari mumkin. Muhimi, mehmonxonaning barcha hududlarida salqin va halol ichimliklarning ajoyib menyusi taklif etilgan.

asialuxe travel, реклама

Asialuxe Travel`dan ommabop mehmonxonalar ro‘yxati

Asialuxe Travel dunyo bo‘ylab sayyohlar yillar davomida tanlagan, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan, eng talabgir besh yulduzli mehmonxonalar ro‘yxatini taklif etadi:

  1. Rizom Beach — 18,1 mln so‘mdan;
  2. Bera Alanya — 18,8 mln so‘mdan;
  3. Sah Inn Paradise — 20,3 mln so‘mdan;
  4. Adin Beach Hotel — 20,3 mln so‘mdan;
  5. Selge Beach Resort & Spa — 20,5 mln so‘mdan;
  6. Adenya Hotel & Resort — 21,6 mln so‘mdan;
  7. Wome Deluxe Resort Hotel — 25 mln so‘mdan.

asialuxe travel, реклама

Halol va asl muslim dam olish maskanlari, bu — din va ma’naviyat qoidalarining barcha nozik tomonlarini hisobga olgan eksklyuziv sayohatdir. Shuning uchun butun dunyo bo‘ylab musulmonlar bugungi kunda ushbu toifadagi ilg‘or mehmonxonalar uchun oldindan buyurtma qilishga harakat qilmoqdalar, chunki istalgan vaqtda bo‘sh xonalarning yo‘q bo‘lishi ehtimoli katta.

asialuxe travel, реклама

Kompleks turistik to‘plamlar, narxlar va parvoz shartlari haqida batafsil ma’lumotlarni kompaniya saytidan yoki (+998) 71−211−22−22 va (+998) 71 201−77−77 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olsangiz bo‘ladi.

Turistik to‘plamlarni Asialuxe Travel kompaniyasining sotuv ofislarida va O‘zbekistonning barcha sayyohlik agentliklarida topishingiz mumkin.

Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram: t.me/Asialuxe
Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida.