Yuqori malakali mutaxassislar mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi va muvaffaqiyatining asosiy shartidir. Shu bois O‘zbekistonda yoshlarga talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarni berishga tayyor yangi universitetlar ochilmoqda.

2022-yilda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tashkil etilgan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) abituriyentlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Universitet O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtiga aylanish, ta’lim xizmatlari va yuqori saviyada ilmiy tadqiqotlar olib borish, pirovardida xalqaro toifadagi mutaxassislarni tayyorlashga intilmoqda.

28-aprel kuni UDEA Buyuk Britaniyaning “Koventri” universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Britaniya “Koventri” universiteti dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan UDEA talabalari va bitiruvchilari O‘zbekiston hamda xalqaro mehnat bozorida katta talabga ega bo‘lishadi.

“Koventri” universiteti QS World University Rankings 2023 ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning top 651−700 universitetlari qatoriga kiradi va o‘qitish sifati va ilmiy yutuqlari uchun ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Universitet qo‘shma o‘quv dasturi O‘zbekistonda va jahon bozorida katta talab ega bo‘dgan yuqori darajali mutaxassislarni tayyorlashga imkoniyat yaratadi.

27-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha UDEA`da ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Soat 11:00 dan 14:00 gacha abituriyentlarni o‘quv dasturlari bilan tanishtirish namoyishi va kampus bo‘ylab ekskursiya bo‘lib o‘tadi. Shu kunni o‘zidayoq o‘qishga kirish uchun xujjatlarni ham topshirsa bo‘ladi.

Ochiq eshiklar kunida intirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

sentabr oyida UDEA to‘rtta bakalavriat dasturini ishga tushirmoqda:

  1. Biznes uchun axborot texnologiyalari;
  2. Buxgalteriya hisobi va audit;
  3. Xalqaro moliya va bank ishi;
  4. Ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatish.

Auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari tadbirkorlik madaniyatini rivojlanitirish va o‘z loyihalarini igsha tushirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Biznes uchun axborot texnologiyalari

Jaxon statistikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Information Technology for Business yo‘nalishidagi ta’lim ko‘p ilg‘or IT-sohasidagi kompaniyalarga start bergan. O‘qish orqali nafaqat bebaho texnik bilim va loyiha ko‘nikmalariga ega bo‘lish, balki biznes asoslarini tushunish, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini o‘rganish mumkin.

Universtitetni bitirgandan so‘ng IT tizimlarini loyihalash, qo‘llab-quvvatlash va boshqarish yo‘nalishida quyilagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishlashni tanlash mumkin bo‘ladi:

  • veb-ishlanmalar;
  • ma’lumotlarni tahlil qilish;
  • kontentni boshqarish;
  • biznes tahlili va loyihalarni boshqarish.

IBM va Capgemini kabi yirik kompaniyalar “Koventri” bitiruvchilarini qadrlashadi va ularni telekommunikatsiya, konsalting, IT-resurslarni boshqarish bo‘limlariga jalb qilishadi.

Buxgalteriya hisobi va audit

Accounting and Finance bakalavriat dasturi bitiruvchilarga katta imkoniyatlar beradi. O‘qish davomida talabalar mavzuni chuqur o‘rganishadi va nafaqat buxgalteriya hisobi asoslarini, balki butun ekotizimni, uning odamlar hayotiga, har bir tashkilotga, jahon bozoriga va umuman jamiyatning xatti-harakatlariga ta’sirini ko‘rib chikadilar.

Talabalar mahalliy va xalqaro buxgalteriya hisobi, korporativ moliya, ma’lumotlar tahlili, biznes texnologiyalari bo‘yicha tajriba orttiradilar hamda zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalanishni o‘rganadilar.

Bitiruvchilar ishlashlari mumkin:

  • buxgalter (hususiy va davlat korxonalarida);
  • auditor;
  • birja makleri;
  • hisob boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib.

Xalqaro moliya va bank ishi

Bank ishi — O‘zbekistonda talab katta bo‘lgan ta’lim sohasidir. International Finance and Banking dasturi bu yo‘nalishdagi bilimlarni kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Moliyaviy modellashtirish, tahliliy vositalar va raqamli texnologiyalar (FinTech) yordamida ular bank va moliya institutlari faoliyatini xalqaro kontekstda baholaydilar, moliyaviy tartibga solishning turli yondashuvlarini solishtiradilar, oqilona qarorlar qabul qilishni o‘rganadilar.

Ushbu yo‘nalishni tugatgandan so‘ng, bitiruvchi quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishlashi mumkin:

  • xalqaro moliyaviy tahlilchi;
  • korporativ moliyaviy maslahatchi (FinTech);
  • venchur kapitalisti (loyihalar va startaplarga sarmoyador);
  • investitsion bankir.

Ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatish

Buyuk Britaniyada yashash va o‘qish — ingliz tilini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash uchun ajoyib imkoniyatdir. English Language and TEFL yo‘nalishi bitiruvchilari butun dunyo bo‘ylab ingliz tilidan dars berishlari mumkin. Talabalar har tomonlama rivojlanadi, tanqidiy va analitik fikrlash, yozma va og‘zaki muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘rgatadi.

O‘qishni tugatgandan so‘ng, talaba karerasini quyidagicha davom ettirishi mumkin:

  • ingliz tili o‘qituvchisi;
  • o‘quv dasturlari dizayneri;
  • professional tarjimon.

Yangi dastur bo‘yicha tahsil olayotgan UDEA talabalari va bitiruvchilari O‘zbekiston va undan tashqarida kadrlar bozorida katta talabga ega bo‘ladilar. O‘qishni tugatgandan so‘ng, talabalar “Koventri” universitetining diplomiga ega bo‘lishadi.

UDEA`ga qabul haqida batafsil ma’lumotni coventry.udea.uz saytida olish mumkin.

Ochiq eshiklar kuniga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.