20-may kuni O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan “Makon marketing” forumi doirasida o‘tkazilgan “Yil brendi-2022” VI mukofoti taqdirlash marosimida “Moda” yo‘nalishida ekspertlar tanloviga ko‘ra, Indenim kompaniyasi birinchi o‘ringa munosib deb topildi.

“Ushbu imkoniyatdan foydalanib, bizni tanlagan barcha mutaxassislarga, bizga ishonch bildirgan va hayrixoh bo‘lgan mijozlarimizga o‘zimizning alohida minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Besh yil mobaynida Indenim brendimizni ozmi-ko‘pmi xalqimiz ko‘z o‘ngida tanilishiga muvaffaq bo‘ldik. Bugun Fashion Retail sohasidagi ulkan salohiyatimizni ta’minlab beruvchi to‘qqizta tekstil ishlab chiqarish fabrikalariga egamiz, shu bilan bir qatorda minglab ish o‘rinlari yaratdik, tekstil va chakana savdo sohasida o‘z maktabimizni bunyod qildik. Kolleksiyalarimiz bilan esa butun yurtimiz bo‘ylab 33 ta filiallarimizda xalqimizga manzur bo‘lib kelmoqdamiz. Bir kunda do‘konlarimizga 15 mingdan ortiq xaridorlar tashrif buyuradi. Umid qilamizki, bu hali boshlanishi”, — dedi Indenim kompaniyasi vakili.

2025-yil yakuniga qadar Indenim do‘konlari sonini 100 tadan oshirish rejalashtirilgan. Kompaniya asosiy maqsadi esa — yaqin 5 yilda MDH davlatlariga ham kirib borib, dunyo sahnida hech qaysi xorijiy brenddan qolishmaydigan o‘zbek brendini tanitishdir.

Instagram: @indenimuz
Telegram: t.me/indenim

Reklama huquqlari asosida.