Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” bo‘ldi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Jenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi doirasida JSST rahbari bilan uchrashgan. Muloqotda asosiy e’tibor mamlakatda ushbu tashkilot ko‘magida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va istiqbollari muhokamasiga qaratilgan.

жсст, тедрос гебрейесус, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi

“Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam uchun Tedros Gebreyesusga minnatdorlik bildirdi. JSST rahbari ham yurtimiz tibbiyotida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Ayniqsa, mamlakatimizning silga qarshi kurash borasida amalga oshirayotgan ishlari boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.