Qaynoq ta’til mavsumi boshlanishi arafasida Asialuxe Travel milliy turoperatori Antaliyaning dam olish maskanlaridagi oilaviy hordiqning foydali jihatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bolalar ko‘ngilochar maydoni

Bugungi kunda Antaliya farzandlar bilan qiziqarli sayohat va birinchi darajadagi ta’til uchun Turkiyadagi eng yaxshi dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi. Shahardagi qulay va rivojlangan infratuzilma, hamda Antaliyaning tengsiz qumli va toshli plyajlari “Moviy bayroq”ga ega.

Shahar doim o‘zining tozaligi va dam oluvchilar uchun yaratilgan qulaylik darajasi bilan mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, Antaliya mehmonxonalari qulay va unutilmas oilaviy dam olishni tashkillashtirishga qaratilgan. Asosiysi, bu yerdagi vaqtingiz ko‘plab diqqatga sazovor joylar, shahar va uning atrofidagi ko‘ngilochar maskanlardan foydalanish imkoniyati tufayli qiziqarli voqealarga boy bo‘ladi.

Har bir ota-ona farzandlarining yozgi ta’tili unutilmas lahzalarga boy bo‘lishini xohlaydi. Aynan Antaliyada orzuingizdagi ta’tilni amalga oshirishingiz mumkin. Farzandlaringiz va butun oilangiz go‘zal manzara, lazzatli taomlar, eng muhimi, iliq dengiz va uning muattar havosidan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

asialuxe travel, реклама

Gurmanlar hududi

Har bir ota-ona uchun bolaning ovqati sog‘lom va foydali bo‘lishi juda muhimdir. Bu, ayniqsa, yozgi ta’tilni rejalashtirishda dolzarb bo‘lib, ba’zida barcha zarur shart-sharoitlarga ega “aynan o‘sha, ko‘ngildagidek mehmonxona”ni topish qiyin bo‘lishi mumkin. Antaliya mehmonxonalari bolalar ovqatiga alohida e’tibor berib, mohir gurmanlar uchun keng tanlov va turli taomlarni taqdim etadi. Antaliyadagi restoranlarda bolalar menyusi, qulay va xavfsiz mebellar bilan jihozlangan rangli maydon, shuningdek, ota-onalar uchun maxsus chaqaloq bo‘tqalarini tayyorlash mumkin bo‘lgan oshxona burchaklari mavjud.

Butun oila uchun birinchi darajali qulaylik hudud

Antaliya mehmonxonalari bolalarning yoshidan qat’i nazar, har doim ular uchun o‘yin-kulgi va qulay dam olishni tashkillashtirishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yerda har bir bola o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘ladi, animatorlar mavzuli tadbirlar o‘tkazadi, diskotekalar, turli mahorat darslari, musobaqalar, tanlovlar, o‘yinlar va boshqa ko‘plab tadbirlar tashkil qilinadi.

Farzandingiz hali chaqaloq bo‘lsa, sizning zavqli hordiq chiqarishingiz uchun maxsus o‘qitilgan enagalar unga g‘amxo‘rlik qilishadi. 2−4 yoshli bolalar uchun kichik klublarda qiziqarli mashg‘ulotlar mavjud. Shu bilan birga, o‘smirlar uchun dastur futbol akademiyasi va dizayn maktabidagi mashg‘ulotlar, amfiteatr sahnasida o‘z aktyorlik mahoratini namoyish etish imkoniyati, animatorlar bilan baydarkada sayohat va sayr qilish yoki do‘stlar bilan kinoteatrda film tomosha qilish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

asialuxe travel, реклама

Antaliya mehmonxonalarida bolalar maroqli dam oladilar va har doim band bo‘ladilar, ota-onalar esa tinch-osoyishta dam olishlari mumkin.

Hayratlanarli attraksionlarga ega hududdir

Antaliya — millionlab aholiga ega rivojlanayotgan zamonaviy shahardir va bolalar bilan borish mumkin bo‘lgan ko‘plab joylar mavjud:

  • okeanarium — Antalya Aquairum;
  • hayvonot bog‘i — Antalya Hayvanat Bahcesi;
  • Turkiya disneylendi — The Land of Legends.

Bu haqiqatdan ham Turkiyadagi eng katta istirohatlaridan biri bog‘i bo‘lib, uning hududida bir nechta dam olish joylari joylashgan: istirohat bog‘i, akvapark, turli mazmundagi maydonchaga ega jajji bolajonlar o‘yingohi.

Asialuxe Travel`dan ommabop oilaviy mehmonxonalar

O‘tgan yillar davomida minglab sayyohlar Asialuxe Travel faoliyatidan mamnun bo‘lishdi. Kompaniya ham mijozlari uchun eng yaxshi sayohat va unutilmas dam olish imkoniyatini qayta-qayta tashkil qilmoqda.

asialuxe travel, реклама

Turistlarga qulaylik yaratish uchun Asialuxe Travel nufuzli Antaliya mehmonxonalarining qisqacha ro‘yxatini tuzdi va har qanday did va budjet uchun uchta ro‘yxatni taklif etmoqda.

1. Beshyulduzli hamyonbop besh yulduzli mehmonxonalar:

  • Daima Biz Hotel — 1119 dollardan boshlab;
  • Limak Limra Hotel & Resort — 1772 dollardan boshlab;
  • Akka Antedon Hotel — 1813 dollardan boshlab;
  • Queen’s Park Rai Premium Tekirova — 1866 dollardan boshlab.

2. Qulay narx va sifatga ega besh yulduzli mehmonxonalar:

  • Bellis Deluxe Hotel — 2375 dollardan boshlab;
  • Titanik Mardan Palace — 2794 dollardan boshlab;
  • Rixos Park Belek — 2456 dollardan boshlab;
  • Gural Premier Belek — 2838 dollardan boshlab;
  • Gural Premier Tekirova — 3014 dollardan boshlab.

3. Ҳашаматли besh yulduzli mehmonxonalar:

  • NG Phaselis Bay — 3722 dollardan boshlab;
  • Rixos Premium Belek — 4169 dollardan boshlab;
  • Cullinan — 4309 dollardan boshlab;
  • Regnum Carya — 5500 dollardan boshlab;
  • Maxx Roal Belek Golf Resort — 6000 dollardan boshlab.

asialuxe travel, реклама

Antaliya 2023-yil yozida ham o‘zbekistonlik sayyohlar uchun eng mashhur yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, Asialuxe Travel Turkiya qirg‘oqlaridagi mehmonxonalarda dam olishni rejalashtirayotgan har bir kishiga may oyidagi maxsus takliflarni qo‘lga kiritish uchun hoziroq joy band qilishlarini maslahat beradi.

Kompleks turistik to‘plamlar, narxlar va parvoz shartlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniya saytidan yoki (+998) 71−211−22−22 va (+998) 71 201−77−77 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olsangiz bo‘ladi.

Turistik to‘plamlarni Asialuxe Travel kompaniyasining sotuv ofislarida va O‘zbekistonning barcha sayyohlik agentliklarida topishingiz mumkin.

Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram: t.me/Asialuxe
Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida.