Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklardan chegarada pul undirgan harbiylar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib 24KG.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, “Qaytpas” va “O‘tukchu” nazorat-o‘tkazish punktlari xodimlari chegaradan o‘tayotgan odamlarni ataylab chorasiz vaziyatga solib, muttasil ravishda pora undirishgan.

Xususan, ular Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasidan muammosiz o‘tish uchun 1000 somgacha (tahminan 130 ming so‘m) pul undirishgan. Chegarachilar qo‘mita xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.