Samarqand shahridagi tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-may kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 18−19-may kunlari Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo — Xitoy” formatidagi sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Forumga XXR rahbari Si Szinpin raislik qiladi.