11−13-may kunlari Saudiya Arabistonida Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Agrobank” vakillari ham ishtirok etdi.

Forum davomida “Agrobank” va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK) hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjatlar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini beruvchi, tomonlar uchun o‘zaro manfaatli kelishuv hisoblanadi.

agrobank, реклама

Ushbu nufuzli xalqaro forumda Islom taraqqiyot bankiga a’zo 57 ta davlatdan qatnashgan banklar orasidan “Agrobank” faoliyati va natijalari alohida e’tirof etilib quyidagi ikkita nominatsiya g‘olibi bo‘ldi:

  1. Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan “IHT mamlakatlari o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi”.
  2. Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi tomonidan “Yilning eng nufuzli islomiy moliyalash instituti”.

agrobank, реклама

Shuningdek, forum davomida “Agrobank” boshqaruv raisi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya va XISMK va XSRIKning delegatsiyalari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Reklama huquqlari asosida.