10−14-may kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahri xududlarida ilk marotaba erkaklar va ayollar o‘rtasida velosportning shosse turi bo‘yicha “Oqtosh-Chorvoq Mountain” ko‘p kunlik Olimpiya o‘yinlarida ishtirok uchun ochko beruvchi xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Turnir natijalariga qo‘ra, milliy terma jamoa jami 6 ta medal qo‘lga kiritdi. Buning ortidan erkaklar terma jamoasi UCI (Xalqaro velosipedchilar ittifoqi) reytingida 52 o‘rindan 34 o‘ringa ko‘tarildi. Ayollar terma jamoasi esa 22 o‘rindan 17 o‘ringa ko‘tarildi. Velosport federatsiyasining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bu Parij-2024-yil Yozgi Olimpiya o‘yinlariga kvotalar (litsenziyalar) qo‘lga kiritish imkoniyatini yanada oshiradi.

Musobaqada dunyoning 14 ta davlatidan saralangan 120 ga yaqin velosportchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari jami 43 nafar sportchi bilan qatnashdi.

10-may kuni musobaqaning birinchi kuni ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 9 km uzoqlikka yakkalik poygada terma jamoa a’zolari Olga Zabelinskaya oltin medal, Yanina Kuskova kumush medalga ega chiqishgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 10 km yakkalik poygada oltin medal Ulug‘bek Saidov, bronzo medali Bexzod Raximbayevga nasib etdi.

11-may kuni ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 130 kmga jamoaviy poygada terma jamoa a’zosi Margarita Misyurina oltin, Sofiya Karimova bronza medaliga ega chiqdi. 13-may kuni guruh poygalarida ayollarda 20 km masofaga bo‘lgan poygalarda Yanina Kuskova oltin, Olga Zabelinskaya kumush medallarga ega chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida Olimpiya reyting ochkolari beruvchi 30 kmga poygada o‘zbekistonliklar kuchli 10 talikdan o‘rin egalladi. Unga ko‘ra, A.Fomovskiy 3-o‘rin, M.Xolmurodov 4-o‘rin, B.Raximboyev 6-o‘rin va D.Bocharov 7-o‘rinni egalladi.

14-may musobaqaning so‘nggi kuni ayollar startga chiqib 111 km masofaga guruh poygasida qatnashdi. Unda Ya.Kuskova — oltin medal, O.Zabelinskaya kumush medal va M.Misyurina bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasidagi 151 km masofaga gurux poygasida terma jamoa a’zosi M.Xolmuratov xam eng kuchli 10 talikdan joy oldi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga qo‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ular mamlakat velosiped sporti tarixida birinchi marotaba UCI Olimpiya reyting ochkolarini beruvchi ballarni to‘pladi.