AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash harakatlari bo‘yicha bayonot berdi, unga ko‘ra, endilikda chegaradan qonuniy bo‘lmagan holda o‘tganlar boshpana olish huquqiga ega emas deb hisoblanadi. Bu haqda Ichki xafvsizlik departamenti saytida xabar qilindi.

“Bugun tundan boshlab chegaraga noqonuniy yo‘llar bilan kelgan odamlar boshpana olish huquqiga ega emas deb hisoblanadi. Biz AQShda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni chiqarib yuborishga tayyormiz”, — deyiladi bayonotda.