Dzyudo bo‘yicha Doxa shahri mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining ikkinchi kunida -52 kg vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Diyora final bellashuvida yaponiyalik Uta Abega imkoniyatni boy berdi. Bu Keldiyorovaning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qo‘lga kiritgan ilk medali hisoblanadi. Shu bilan birga u jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkosini o‘z hisobiga yozib qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Dilshodbek Baratov (-60 kg) ham terma jamoa hisobiga kumush medalni taqdim qilgan edi.