Toshkent shahrida Bosh prokuratura tizimini “nopok xodimlaridan tozalash” borasida ko‘rilgan choralar natijasida boshqarma katta prokurori va Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.ga nisbatan 6-may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.