Telegram`dagi Ekologuz kanalida noma’lum shaxs tomonidan mushuk otib, bug‘u esa bo‘g‘izlab o‘ldirilgani aks etgan suratlar e’lon qilingandi. Tabiat resurslari vazirligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

Bildirilishicha, ushbu holatga aloqador shaxs Farg‘ona tumani “Marg‘ilon” mahallasida yashovchi fuqaro I.Sh. hisoblanadi.

O‘rganish jarayonida u 2011−2021-yillarda Janubiy Koreyada ishlagani, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi tomonidan e’lon qilingan suratlardagi holat o‘sha davrda ro‘y bergani ta’kidlandi.

Uning aytishicha, 2 yil avval Koreyadan qaytgach, xonadonida inkubator yordamida tovuq jo‘jalarini ko‘paytirish bilan shug‘ullangan. Mushuk esa o‘sha paytda “jo‘jalarni yeb ketayotgani uchun” pnevmatik ov quroli bilan otib, nobud qilingan.

Xabarda bug‘uning bo‘g‘izlanishi bilan bog‘liq holatga izoh berilmagan.

otib ўлдирди, ҳайвонларga шафқатсиз мuносабатда бўлиш

Foto: Tabiat resurslari vazirligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi

Tuman IIB tomonidan fuqaro I.Sh.ga tegishli ov quroli belgilangan tartibda olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.