O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholiga ko‘rstilayotgan tibbiy xizmat sifatini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishga alohida e’tibor berilmoqda. So‘nggi 6−7 yil ichida prezident tomonidan mazkur sohani rivojlantirish borasida o‘nlab farmon va qarorlar qabul qilindi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida tibbiyot muassasalarini jahon andozalariga mos holatga keltirish va ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash uchun katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda.

reklama

27−29-aprel kunlari ushbu islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida minimal invaziv xirurgiya” mavzusida Osiyo endoskopik va laporoskopik xirurglar jamiyatining (ELSA) I bahorgi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro anjuman Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi bosh vrachi, I bahorgi Kongressi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Shamsiyev Jamshid tashabbusi bilan tashkil etildi.

reklama

ELSA bugungi kunda dunyo miqyosida katta obro‘ga ega bo‘lgan vakolatli jamiyatdir. ELSA endoskopik xirurglar jamiyati xalqaro federatsiyasining (IFSES) asoschilaridan biri bo‘lib bo‘lib, uning rahbarlik organi Osiyo-Tinch okeani hududida joylashgan va 37 mamlakatdagi endoskopik xirurglar yetakchilari vakillaridan tashkil topgan.

reklama

Kongressda Avstriya, Ozarbayjon, Angliya, Germaniya, Gonkong, Yaponiya, Kombodja, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Malayziya, Oman, Pokiston, Falastin, Filippin, Rossiya, Janubiy Koreya, Singapur, Tojikiston, Turkiya, BAAdan 80 ga yaqin, shuningdek O‘zbekiston barcha viloyatlaridan xirurgiya, urologiya, onkologiya, ginekologiya, bolalar xirurgiyasi mutaxassislari bo‘yicha 470 dan ortiq mutaxassis — jami 550 nafarga yaqin delegat ishtirok etdi.

reklama

Kongressning birinchi kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgik klinikasida Workshop bo‘lib o‘tdi. Unda minimal invaziv xirurgiya bo‘yicha zamonaviy operatsiyalar xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekiston shifokorlariga namoyish etildi.

Shuningdek, klinikada tashkil etilgan seminarda egiluvchan endoskopik xirurgiya bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkazildi. Unda:

  • filippinlik mutaxassis-jarroh Almen Buyenafe laparoskopik gerniorafiya operatsiyasini;
  • rossiyalik professor Valeriy Satayev beshta endoskopik operatsiyani namoyish qildi.

ELSA tashkiloti bosh kotibi Davidi Lamonto kongress doirasida uchta laporoskopik jarrohlik operatsiyasini o‘tkazdi. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan mahorat saboqlari anjuman qatnashchilariga operatsiya blogidan bevosita namoyish qilindi.

Kongress 28−29-aprel kunlari Samarqand shahrining Silk Road Samarkand turistik majmuasida o‘z ishini davom ettirdi.

Uch kunlik seminarda Kongressda ishtirok etgan mashhur olimlar va mutaxassislar dolzarb mavzularda chiqishlar qildi. Dastur bo‘yicha 81 ta ma’ruza qilindi. Shuningdek, 36 ta poster va 11 ta publikatsiyalar namoyish etildi.

reklama

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan mazkur Kongress sog‘liq saqlash tizimida endoskopik va laporoskopik xirurgiya yo‘nalishining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi va aholiga yuqori texnologiyali ixtisoslashgan, sifatli va samarali xirurgik xizmat ko‘rsatish darajasini yuksak pog‘onalarga olib chiqadi. Tibbiy kadrlar malakasini va salohiyatini oshirib, ularning xalqaro miqyosda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Reklama huquqlari asosida.