4-may kuni O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasining anjumanlar zalida 14-may kuni Humo Arena sport majmuasining start-finish maydonchasida bo‘lib o‘tadigan “Men G‘olib” xarbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Durdona Rahimova, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zamuhamedov, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Guzel Xubbiyeva hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ommaviy yugurish musobaqasi Yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkor — “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida tashkil qilinmoqda.

reklama

“Men G‘olib” vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi an’anaviy ravishda muhim davlat sanalari — Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa kuchlari tashkil etilganligi hamda Xotira va qadrlash kunini nishonlashga bag‘ishlangan holda o‘tkaziladi.

Kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlari, harbiy xizmatchilar, harbiy ta’lim muassasalari kursantlari, sport klublari a’zolari va faol hayot tarzini sevuvchilar yiliga ikki marotaba jamoaviy va yakkaxon holda ommaviy yugurish musobaqasida qatnashadilar.

“Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish poygasini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad:

  • aholi o‘rtasida yugurish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish;
  • harbiy xizmatchilarning sport ruhini saqlash va do‘stona sport aloqalarini rivojlantirish;
  • kuch ishlatuvchi tuzilmalar idoralarining vakillari orasidan eng kuchli jamoalarni aniqlash.

Bo‘lib o‘tadigan “Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi 14-may kuni o‘tkazilib, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanadi.

reklama

Harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi yildan yilga kuch ishlatuvchi tuzilmalar va yugurish havaskorlari orasida katta qiziqish qozonmoqda. Ushbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi. Ommaviy yugurish musobaqasining dasturi kengaytirildi va unga uchta masofa kiritildi:

  • yarim marafon — 21,1 km;
  • chorak marafon — 10,5 km va 3 km ga ommaviy yugurish musobaqasi.

Ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladigan kunda ishtirokchilar yig‘ilishi — 06:00 da boshlanadi,

Start: 07:00 da.

“Men G‘olib” kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat yettita jamoa hamda kuch ishlatuvchi tuzilmalar ta’lim muassasalarining oltita jamoasi kurash olib boradi.

Tashkilotchilar tomonidan 14 ta nominatsiya uchun qimmatbaho sovg‘alar ko‘zda tutilgan:

  • planshet;
  • smartfon;
  • smart soatlar;
  • elektr skuterlar;
  • noutbuklar va esdalik sertifikatlari.

“Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasida qatnashish istagini bildirgan barcha yuguruvchilar 10-mayga qadar iticket.uz saytida pullik ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari mumkin.

“Men G‘olib” musobaqalarining ishtirokchilari 2021-yildan 2023-yilgacha siklik sport turlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bo‘lmasligi shart:

  • yengil atletika;
  • trialon;
  • duatlon;
  • velosport;
  • yozgi biatlon.

Tadbir shartlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.