O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasi ilg‘or ekspertlari va Chat-GPT botini kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda ayollarning rolini muhokama qilish uchun tashkil etilgan biznes-nonushtada birlashtirdi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi mazali nonushta muhitida 65 dan ortiq mehmonlar, jumladan, yetakchi xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bir-birlari bilan tanishish, muloqot qilish va o‘z tajribalari bilan bo‘lishish imkoniga ega bo‘ldilar. O‘zbekistonda yirik va o‘rta korxonalarga ega bo‘lgan kuchli tadbirkorlar jamoasi esa tadbirkorlik olamidagi ayollar kelajagini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

реклама

Tadbir davomida taqdim etilgan McKinsey Global Institute hisobotiga ko‘ra, tegishli choralar ko‘rilmasa, iqtisodiyotda gender tengligiga erishish jarayoni taxminan 260 yil davom etishi haqida ma’lumot berildi. Vaholanki, gender tafovutini bartaraf etilishdagi minimal harakatlar 10 yil ichida YAIM`ni 11% ga oshirish, to‘liq bartaraf etish esa jahon YAIMining 28 trln dollarga oshishiga olib keladi.

O‘zbekistonda hukumat tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, kelgusi ikki yil ichida kichik va o‘rta biznesda xotin-qizlarning ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga oshirish bo‘yicha ulkan maqsad qo‘yilmoqda.

“Yutuqlar zamirida nafaqat yaratilayotgan imkoniyatlar, balki ayollarimizning intilishi va o‘zlariga bo‘lgan ishonchi mujassam va bu mustahkam bo‘lishi kerak. Oldimizga qo‘ygan maqsad va rejalarimizni amalga oshirishda, albatta, ularni mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ham muhim o‘rin tutdi. Bu borada bizga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, jurnalistlar, blogerlar yaqindan ko‘mak ko‘rsatayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ammo hali qilinadigan ishlarimiz juda ko‘p. Ezgu maqsadimiz — ayollar faolligini oshirish orqali ularning oilalari obodligi, barqarorligi, pirovardida, jamiyat ravnaqini ta’minlashdir”, — dedi O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva o‘z nutqida.

Biznes-nonushtani Coca-Cola İçesek kompaniyasining barqarorlik, kommunikatsiyalar va korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha direktori Bursun Imir olib bordi.

реклама

“Biz ushbu panel muhokamasini tashkil etishda ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldik, unda biz O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligi va yetakchiligining muhim masalalarini muhokama qilish uchun turli sohalardagi eng yaxshi ekspert va yetakchilarni birlashtirdik. Biz mamlakatimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun ayollarga teng imkoniyatlar yaratishni asosiy omil deb hisoblaymiz. Umid qilamizki, muhokamalarimiz natijalari biznes va jamoat hayotida muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan ko‘plab O‘zbekiston ayollari uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Biz bu boradagi ishlarni davom ettirishga hamda jamoatchilik va biznes hamjamiyatining e’tiborini ushbu muhim mavzuga qaratishga tayyormiz”, — deb aytib o‘tdi Coca-Cola kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi menejeri Nazi Aripdjanova.

Biznes-nonushtada ayollarning biznes va jamoat hayotida rivojlanishiga oid muhim masalalar bo‘yicha qiziqarli va samarali muhokama bo‘lib o‘tdi, masalan:

  • qizlarning faol shaxs sifatida rivojlanishiga qanday yordam berish va ularga biznes, davlat va jamoat tuzilmalarida rahbarlik qilish imkonini berish;
  • qanday qilib oliy va ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlarida xotin-qizlar sonini ko‘paytirish, ularga kasb tanlash va boshqa imkoniyatlarni kengaytirish;
  • ayollar o‘z biznesini boshlashida qanday to‘siqlarga duch kelayotgani, ularni yengib o‘tishda, hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shishda, kichik va o‘rta korxonalarni yaratishda, tadbirkorlikda nafaqat ayollar sonini, balki biznes sohalarida xilma-xillikka erishishda qanday yordam berish.

реклама

Barcha bildirilgan fikrlar va savollarga javoblar keyinchalik ishtirokchilar tomonidan maxsus ilova orqali xulosa matnini yaratishi uchun Chat-GPT botiga yuborildi. Quyida Chat-GPT boti yordamida yaratilgan matndan parcha taqdim etilgan:

“Kichik va o‘rta biznesni boshqarishda ayollar ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishadi, bu esa ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Diskriminatsiya, qashshoqlik, urushlar va tabiiy ofatlar ayolning biznesda muvaffaqiyat qozonish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Asosiy muammolardan biri tadbirkor ayollarni moliyalashtirishdagi yetishmovchilikdir. Tegishli moliyaviy yordamsiz ko‘plab ayollar o‘z bizneslarini boshlay yoki kengaytira olmaydilar, bu esa stagnatsiya va regressiyaga olib keladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun hukumatlar va moliya institutlari ayollarni kapital bilan kengroq ta’minlash uchun kerakli chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak.

Yana bir muammo — ayollarning tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlar haqidagi ma’lumot va xabardorlikning yetarli emasligidir. Moliyaviy savodxonlik dasturlari ayollarga o‘z moliyaviy resurslarini qanday boshqarishni va o‘zlarini diskriminatsiyadan himoya qilishni yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi. Qolaversa, oilalarga ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishning ahamiyati haqida ma’lumot berish mavjud bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etishga va ayollarning biznesda muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradi".

реклама

“Xotin-qizlarning yanada kuchli tadbirkor bo‘lib yetishishi uchun qulay shart-sharoitlar va kuchli xohish-istak ham muhim ahamiyatga ega”, — ta’kidlab o‘tdi O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov.

Muhokamada shuningdek:

  • BMTTD`ning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska;
  • O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abduqunduzova Nazokat;
  • “Ona jamg‘armasi” hammuassisi Umida Xusainova;
  • YeTTB`ning O‘zbekistondagi rahbari Alkis Drakinos;
  • AQSh elchisi Jonatan Henik;
  • Silver Leaf bosh direktori Den Patterson va boshqalar ishtirok etdi.

Coca-Cola O‘zbekiston va butun dunyo ayollarini qo‘llab-quvvatlaydi va mavjud imkoniyatlardan foydalana oladigan hamda iqtisodiy jihatdan himoyalangan ayol yuqori sifatli jamiyat hayotining kaliti ekanligiga ishonadi.

Reklama huquqlari asosida.