Xitoyning Xanchjou shahrida kurash bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo milliy chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta medal — 7 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shulardan 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzani qizlar qo‘lga kiritdi.

Musobaqada ikkinchi o‘rinni Xitoy, uchinchi o‘rinni esa Eron terma jamoasi egalladi.