Toshkent shahrida bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalgach, holat yuzasidan shahar IIBB tekshiruv o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, voqea 28-aprel kuni taxminan soat 01:35 da Yangihayot tumanidagi “Yangihayot” YPX maskanida sodir bo‘lgan.
“Xodimlar Gentra avtoulovini to‘xtatib, haydovchidan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan. Shu vaqtda avtomashinadagi yo‘lovchilar — 1995-yilda tug‘ilgan Z.B., 1977-yilda tug‘ilgan X.J. va 2000-yilda tug‘ilgan N.F. xodimlarga nisbatan turli xil haqoratli so‘zlar aytib, jamoat tartibini buzgan. Shuningdek, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga nisbatan qarshilik ko‘rsatgan”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan avtomashina yo‘lovchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Sud ularga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.