O‘zbekistondagi birinchi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia (Uzbekistan Airports`ning sho‘ba korxonasi) 25-aprel kuni ilk reyslarini amalga oshirdi. 22-aprel kuni tashuvchi chiptalar xaridi boshlanganini e’lon qildi va ikki kun ichida 250 ga yaqin chipta sotdi.

24-aprel kuni o‘zini hamyonbop kompaniya sifatida taqdim etgan Silk Avia ATR 72−600 samolyotida Toshkentdan Samarqandga va orqaga sinov parvozini amalga oshirdi. 70 nafar yo‘lovchi orasida — ushbu fransuz-italyan samolyoti o‘ziga shuncha yo‘lovchini sig‘dira oladi — “Gazeta.uz” muxbirlari ham bor edi.

“Aholining aviatsiyaviy harakatchanligini ta’minlash”

Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva parvoz oldidan jurnalistlar bilan muloqotida, Silk Avia “nafaqat O‘zbekistondagi aeroportlar tarmog‘ini rivojlantirish, balki turizm va ishbilarmonlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun katta mexanizmning asosiy kaliti” bo‘lishi rejalashtirilgan.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Yangi havo kompaniyasi hududlarni bog‘lash orqali mamlakat “aholisining aviatsiyaviy harakatchanligini ta’minlashi” kerak, dedi u. Misol tariqasida uni Toshkentdan Urganchga uchishi davomida yo‘l-yo‘lakay Samarqand yoki Buxoroda to‘xtab, yo‘lovchilarni qoldirib, boshqalarini olib ketadigan “aviamarshrutka” bilan taqqosladi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Hozirgi vaqtda Silk Avia Bangkok Airways`dan xarid qilingan, yoshi uchlar atrofidagi uchta ATR 72−600 samolyotiga ega. Yil oxiriga qadar kompaniya huddi shunday samolyotlarning yangisidan olishi kerak, shundan so‘ng “parvozlar jadvali yanada to‘liq va tez-tez bo‘ladi”, dedi Ra’no Jo‘rayeva.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Mazkur turdagi samolyotlardan O‘zbekistonda ilk bor foydalanilmoqda. Kompaniya Rossiyaning UTair kompaniyasidan uzoq yillardan beri shu kabi samolyotlarda uchib kelayotgan12 nafar uchuvchini taklif qildi. Tijorat reyslari boshlanishidan oldin ATR instruktorlari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha uchuvchilarni tayyorlashdi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

12 uchuvchi bort kuzatuvchilari bilan birgalikda 6 ta ekipajga bo‘linishdi, shunda har bir samolyotga ikki uchuvchidan tushdi. Kompaniya ekipaj a’zolarini har bir samolyot uchun 4 tagacha ko‘paytirishga harakat qilmoqda, hozirda qo‘shimcha xorij ekipajlari bilan muloqotlar olib borilmoqda.

Mahalliy uchuvchilarni tayyorlash ustuvor vazifa, biroq bu vaqt talab qiladi. “Parvozlar xavfsizligi nuqtai nazaridan, uchuvchilarning parvoz soatlari yetarli bo‘lishi juda muhim, shunda zavod ularga uchishga ruxsat beradi”, — dedi kompaniya rahbari.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Jadvalni tuzishda Silk Avia sayyohlik kompaniyalari bilan maslahatlashib, eng talabgir yo‘nalishlar, qulay uchib ketish va kelish vaqtlarini aniqlab oldi.

Birinchi bosqichda Toshkentdan — Samarqand orqali — Urganchga har kuni hamda haftada 5 kun Buxoro orqali qatnovlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, jadvalda poytaxtdan Namangan va Qarshiga (haftasiga 4 marta), shuningdek, Termiz va Navoiyga (haftasiga 2 marta) reyslar ham kiritilgan.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Asta-sekin jadval kengayadi, “parvozlar har kuni bo‘lmasada, yo‘lovchilar uchib ketishlari va qaytishlari uchun ertalab va kechqurun bo‘lishi shart”, dedi Rano Jo‘rayeva.

Uning qo‘shimcha qilishicha, jadvalda O‘zbekistonning boshqa aviakompaniyalari va xorijiy aviatashuvchilarning parvoz vaqtlari hisobga olinadi, shunda hududlar aholisi dunyoning istalgan nuqtasidagi yo‘nalishlarga qulay kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Jamoat transportining ko‘rinishi”

Jamoat transporti bilan taqqoslashga tadbirda so‘zga chiqqan boshqa rasmiylar ham to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari Jasur Choriyev afsus bilan “barcha yo‘nalishlarda muntazam avtobus va temir yo‘l qatnovi mavjud emas”ligini tan oldi. Bundan tashqari, tez-tez turli transportlar uchun chiptalar yetishmovchiligini ham kuzatish mumkinligi aytildi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

“Yangi aviakompaniyani jamoat transporti deb tasniflash mumkin. U hududlar o‘rtasidagi transport qatnovidagi bo‘shliqlarni yopishi kerak”, — deya ta’kidladi u.

“Bu uzoq kutilgan loyiha. Prezidentimiz bir necha bor havo harakatini rivojlantirish, ichki reyslar va biz juda muhtoj bo‘lgan dolzarb yo‘nalishlarni zudlik bilan to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov 1985-yildagi gazetada chop etilgan maqolani esladi, unda o‘sha vaqtlarda hududlararo har kuni 6 tadan 10 tagacha reys amalga oshirilganligi qayd etilgan.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

“Viloyatlar nafaqat Toshkent bilan, balki bir-biri bilan ham bog‘langandi. Shuning uchun, biz bularning barchasini yo‘qotganimiz achinarli. Va biz bu aloqalarni qayta tiklayotganimiz juda quvonarli”, — dedi u.

U chiptalar narxi diapazonini — 30−50 dollar — raqobatbardosh deya atadi va samolyotlarni tramvaylar bilan taqqosladi: “O‘tirding va uchib ketding”. ATR 72−600 samolyotiga trap zarur emasligi, buning o‘rniga uning eshigi tushish yo‘lagi vazifasini o‘tashi, yuklarni esa yerdan turiboq yuklash mumkinligi qo‘shimcha qilindi.

Demo-reys yo‘lovchisi bo‘lishga tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov ham taklif qilindi, chunki u turizm va madaniy meros vaziri bo‘lgan vaqtlaridayoq Silk Avia tashkil etilishiga turtki berilgandi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

U prezident Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan Airports, Transport vazirligi va Turizm vazirligi oldiga mamlakatning yirik shaharlari va turistik markazlarini birlashtiruvchi, qulay va ommabop aviakompaniya yaratish vazifasini qo‘yganini eslab o‘tdi.

“Bizga har qanday — yirik, kichik, hududlararo kompaniyalar kerak, ularning soni ko‘p bo‘lsin”, dedi vazir va mamlakat rahbariyati qarorlari tufayli O‘zbekiston aviatashuvlar bozorida ham raqobat yuzaga kelayotganini qayd etdi.

Marosimda shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi direktori Tohir Nazarov, Fransiya elchisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Fransua Save va ATR (Avions de Transport Régional) konserni vakili Dimitriy Bursi ham qatnashdi.

Toshkentdan Samarqandgacha — 45 daqiqada

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

ATR 72−600 — ikki motorli turbovintga ega yaqin masofalarga uchuvchi layner hisoblanadi. U bir klassda 70 nafargacha yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, 1400 kmgacha masofaga 550 km/soat tezlikda, ikki nafar uchuvchi boshqaruvi yordamida ucha oladi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Uchoq saloni qatoriga sun’iy teridan qoplangan to‘rtta (2+2) o‘rindiqdan iborat. Kichik yig‘iluvchi stollar ham mavjud. O‘rindiqlar orasida yetarlicha joy mavjud — bo‘yi 190 sm bo‘lgan yo‘lovchi muammolarsiz sig‘a oldi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Oxirgi qatordagi o‘rindiq orqaga yotmaydi. Birinchi qatordagi o‘rindiq oldidagi bo‘sh joy esa oyoqni cho‘zib o‘tirish imkonini beradi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Toshkent — Samarqand yo‘nalishidagi US-131 reysi parvozi 45 daqiqa davom etdi. Havo kemasiga UTair kompaniyasi uchuvchi-instruktori Aleksey Savchenko kapitanlik qildi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Samolyot 16 ming fut yoki 4,9 km balandlik atrofida uchdi, bu o‘rta va uzoq masofalarga uchuvchi samolyotlarnikidan pastroq. Tezlik esa — 400−420 km/soatni tashkil qildi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Reys davomida ikki nafar bort kuzatuvchisi xizmat qildi. Ularning formasiga pidjak, kulrang jinsi va samolyot dizaynida aks etgan xon-atlasga o‘xshash ipak sharf kiradi. Yo‘lovchilarga faqat suv taklif etiladi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Samarqandga tashrif chog‘ida an’anaga ko‘ra, uchoqni suv arkasi yordamida qarshi olishdi.

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

silk avia, aviakompaniya, миллий kompaniya, samolyot

Biroz vaqtdan so‘ng samolyot US-132 reysi bilan Samarqanddan Toshkentga qaytdi. Ortga yo‘l 40 daqiqani vaqtni talab etdi.