Toshkent shahrida 24−27-aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Uchinchi marotaba tashkil etilgan tadbirda MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Ko‘rgazma doirasida panel sessiyalari, muhokamalar, davra suhbatlari va biznes uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Muloqot maydonchalarida ekspertlar e’tibori sanoat ishlab chiqarishining asosiy masalalariga va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilmoqda.

Tadbir davomida O‘zbekiston sanoat korxonalari boshqa mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishi, investitsion bitimlar va savdo shartnomalar paketi imzolanishi kutilmoqda.

“Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov poytaxtning “O‘zekspomarkazi”da o‘tkazilayotgan ana shu ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.

иннопром. марказий осиё, кўргазма

иннопром. марказий осиё, кўргазма

иннопром. марказий осиё, кўргазма

иннопром. марказий осиё, кўргазма

иннопром. марказий осиё, кўргазма

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

иннопром. марказий осиё, кўргазма