24-aprel kuni soat 21:49 atrofida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Guliston” MFY da joylashgan 4 qavatli 68-uyning 13-xonadonida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Portlash oqibatida uyning deraza va eshik romlari joyidan qo‘zg‘algan. Fuqaro A.E. yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga tumanning FVB, IIB, SSB, gazta’minoti bo‘limi hamda prokuratura mas’ullari chiqishgan. Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.