Xorazm viloyati Urganch tumanida noyob hayvonlarning shoxlarini saqlagan shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida, viloyat IIB va Tabiat resurslari boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Natijasida, Urganch tumani buyum bozorining yuk avtomashinalari avtoturargohida fuqaro J.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, fuqarolar R.N., R.E., X.H., G‘.A. hamda G‘.E.ga tegishli bo‘lgan jami 7 dona poliyetilen qopda 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

Ma’lumot uchun, bug‘u va jayronlar noyob hayvonlar qatori ularning tana a’zolari Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.