20-aprel va bayram kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha viloyatlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Keyingi haftaning boshiga kelib, havo harorati kechalari 9−14 darajagacha, kunduz kunlari 25−30 darajagacha, respublikaning cho‘l hududlarida va janubda ba’zi joylarda 32−35 darajagacha ko‘tariladi. Shamol asosan o‘rtacha tezlikda sharqiy yo‘nalishda esdi, faqat shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham iliq va quruq ob-havo bo‘ladi. Tog‘larda harorat kechalari 4−9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15−20 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkentda 20−24-aprel kunlari asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 10−13 darajacha iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 18−20 darajadan 27−29 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.