Bugungi globallashuv davrida zamonaviy xizmatlar, aqlli, tezkor va raqamli mahsulotlarga bo‘lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Hayotni sun’iy intellekt va gadjetlar kabi to‘rtinchi sanoatning eng so‘nggi yutuqlari qamrab olyapti. Bu esa iste’molchilarning talab va xohishlaridan kelib chiqqan holda takliflarni ilg‘or texnologiyalar bilan bog‘lash, ortiqcha harakat va xarajatsiz xizmatlarni ishlab chiqishga undamoqda.

Ayni vaqtda kompleks transformatsiya jarayonlarini olib borayotgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki ham ayni shu tendensiyadan kelib chiqqan holda o‘z faoliyatini Digital Banking formatiga o‘zgartirmoqda. Xususan, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning deyarli barchasi xorijiy andozalar, yangi dasturlarga almashtirilmoqda.

18-aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tgan navbatdagi matbuot anjumanida “Turonbank” ATB ekspertlari bu boradagi to‘liq ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishdi.

реклама

Dastavval “Turonbank” chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari Eldor Vaxabov yangilangan MyTuron ilovasidagi qulayliklarga to‘xtalib o‘tdi.

“Hech kimga sir emas, bugun mobil banking atamasi hayotimizning ko‘plab jabhalarida uchramoqda. „Turonbank“ ham ushbu tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan maydondagi trendlardan qolishmagan holda o‘zining mavjud mobil ilovasini ham vizual ham texnologik jihatdan yangiladi. Bu o‘zgarishlar bankdagi transformatsiya jarayonlari doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida amalga oshirildi. Bizning oldimizda turgan asosiy vazifa eng avvalo mavjud mijozlar bazasini yanada ko‘paytirish va an’anaviy bank taqdim etayotgan ko‘plab xizmatlarni smartfonlarga o‘tkazish edi. Oddiy qilib aytganda, mijozlar moliya muassasasiga kelmagan holda bank mijoziga aylanishi, o‘zining shaxsiy to‘lov kartasiga ega bo‘lishi hamda qisqa vaqt ichida kredit mablag‘laridan foydalanishi lozim edi”, — dedi u.

реклама

Eldor Vaxabov.

Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni shu maqsadda fuqarolarni identifikatsiyadan o‘tkazish uchun zamonaviy Face ID texnologiyasi ham ilovaga biriktirilgan.

“Ya’ni, ilovaning o‘zida onlayn suratga tushib, umumiy bazaga yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuningdek, ilovaning o‘zidan kartaga buyurtma berish, barcha to‘lovlarni amalga oshirish, mavjud kredit qarzdorliklarini so‘ndirish, kredit olish uchun arizalar qoldirish, onlayn omonat ochish va konversiya amaliyotlarini bajarish kabi 100 ga yaqin xizmatlarni ishga tushirdik. Bundan tashqari, bugun eng ommabop bo‘lgan onlayn mikroqarz xizmatini ham yo‘lga qo‘yib, uni rasmiylashtirish uchun ilovaning o‘zida bepul virtual „Humo“ kartasini joriy etdik. Mijozlar ilovaga o‘zlarining Turonbankda ochilgan plastik kartochkalarini biriktirib ham ushbu kreditni olishlari mumkin bo‘ldi”, — deya ta’kidladi chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari.

Bunga qadar ushbu kredit 12 oyga 10 mln so‘m miqdorida taqdim etilgan. Endi esa 30 mln so‘mgacha mablag‘ 24 oygacha beriladi.

“Ahamiyatli jihati, 2022-yilning noyabr-dekabr oylarida ilovani test rejimida ishga tushirgan bo‘lsak, 2023-yilning boshiga kelib to‘liq quvvat bilan ishlashni boshladi va shu qisqa fursat ichida uni yuklab olganlar soni 80 mingga yaqinlashdi. Hozirda ilovani yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda”, — dedi bank vakili.

реклама

Alisher Tolipov.

Chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari Alisher Tolipov esa jismoniy shaxslarga ajratilayotgan yangi kredit turlari va yuqori foizli omonatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

“Bugungi kunda iste’molchilarning aksariyat qismi avtokreditlar bozorida faol ishtirok etmoqda. Ayni shu jihatni inobatga olgan holda „Turonbank“ aksiyadorlik tijorat banki ham jismoniy shaxslar uchun bir necha turdagi qulay avtokredit mahsulotlarini ishlab chiqdi. Xususan, biz aholining barcha qatlamini qamrab olish maqsadida nafaqat rasmiy daromadga ega bo‘lgan balki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun ham kredit ajratishni boshladik”, — dedi u va quyidagi misollarni keltirdi.

реклама

“Imkoniyat” avtokrediti

“Rasmiy daromadsiz” birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:

  • Kredit muddati — to‘rt yilgacha;
  • boshlang‘ich to‘lov — 36% dan;
  • kredit foizi — 25,9%;
  • kredit miqdori — 900 mln so‘mgacha.

“Rasmiy daromad bilan” birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:

  • kredit muddati — besh yilgacha;
  • boshlang‘ich to‘lov — 10% dan;
  • kredit foizi — 24,9%;
  • kredit miqdori — 900 mln so‘mgacha.

EcoGreenCar — elektromobillar uchun avtokredit

“Rasmiy daromadsiz” birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:

  • kredit muddati — to‘rt yilgacha;
  • boshlang‘ich to‘lov — 36% dan;
  • kredit foizi — 25%;
  • kredit miqdori — 600 mln so‘mgacha.

“Rasmiy daromad bilan” birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:

  • kredit muddati — to‘rt yilgacha;
  • boshlang‘ich to‘lov — 20% dan;
  • kredit foizi — 25%;
  • kredit miqdori — 600 mln so‘mgacha.

Alisher Tolipov o‘zini-o‘zi band qilgan litsenziyaga ega fuqarolar uchun ham maxsus Avto Self avtokrediti ishlab chiqilganligini qo‘shimcha qildi. U orqali eski mashinalarda yuk tashib yurgan fuqarolar rasmiy daromadga ega bo‘lmsada, 2,5 tonnagacha bo‘lgan yuk mashinalarini kreditga olishlari mumkin.

Avto Self birlamchi va ikkilamchi bozordagi yengil yuk mashinalari uchun:

  • kredit muddati — to‘rt yilgacha;
  • boshlang‘ich to‘lov — 36% dan;
  • kredit foizi — 25%;
  • kredit miqdori — 300 mln so‘mgacha.

Mashina olayotganda ko‘pchilikka tanish bo‘lgan holat mavjud, ya’ni, odatda fuqarolar o‘zi tanlagan mashina narxining 50 foizini boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘laydi. Qolgan 50 foizi esa avtomobil taqdim etilganda to‘lanadi. Ko‘pchilik mijozlar banklarga shu qolgan 50 foizini to‘lash uchun kredit so‘rab kelishadi va ko‘p holatlarda rad javobini olishadi.

реклама

“Turonbank” esa mana shunday holatlar uchun ham kredit ajratadi. Bunda fuqarolardan hech qanday boshlang‘ich to‘lov va rasmiy daromad talab etilmaydi.

Aslida bankning kredit porfeli undanday kengroq — fuqarolar “Iste’mol kredit”, “Ta’lim krediti”, “Birlamchi bozor uchun ipoteka krediti”, “Mikroqarz”, “Sayohat uchun kredit”, “Quyosh panellari uchun ekopanel krediti” va “Sog‘liqni tiklash uchun kredit”larini ham olishlari mumkin.

Bundan tashqari, yuqori foizli milliy va xorijiy valyutadagi jozibador omonatlarning ham xavfsizligi va ishonchliligiga kafolat berilmoqda.

Unique omonati — xorijiy valyutada (AQSh dollari):

  • omonat muddati — 12 oy;
  • yillik foizi — 5%;
  • foizlar har oyda to‘lanadi;
  • istalgan vaqtda pul qo‘shish imkoniyati.

Ustuvor omonati — milliy valyutada:

  • omonat muddati — 18 oy;
  • yillik foizi — 22%;
  • foizlar har oyda to‘lanadi;
  • istalgan vaqtda pul qo‘shish imkoniyati.

Batafsil ma’lumotni turonbank.uz rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqdagi bank sahifalari, TuronBank Media YouTube kanali va 1220 qisqa raqami orqali olish mumkin.

Reklama huquqi asosida.