21-aprel kuni Toshkent shahridagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati.

Quyida tumanlar kesimida ko‘chalar ro‘yxati keltiriladi.

Bektemir tumani

“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shohko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Mirzo Ulug‘bek tumani

“To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan Buyuk Ipak yo‘li — Sultoniya ko‘chasigacha.

Mirobod tumani

“Qo‘liq ota” masjidi oldidagi THAY — Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis chorrahasigacha;

Olmazor tumani

  • “Islomobod” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY- Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidan Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari kesishmasigacha;
  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi — Qorasaroy — Nurafshon ko‘chalari kesishmasidan Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasigacha;

Shayxontohur tumani

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor shohko‘chasi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari kesishmasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor ko‘chalari kesishmasigacha;
  • “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi — Nurafshon — Sebzor ko‘chalari kesishmasidan Nurafshon — Labzak ko‘chalari kesishmasigacha.

Chilonzor tumani

  • “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi al-Xorazmiy ko‘chasi — Al Xorazmiy — Xirmontepa ko‘chalari kesishmasidan al Xorazmiy — Katta qani kesishmasigacha;
  • “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi — Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor — Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi — Al-Xorazmiy — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasigacha;
  • “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor shoh ko‘chasi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha.

Uchtepa tumani

  • “Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi — Lutfiy — Xirmontepa ko‘chalari kesishmasidan Lutfiy — Katta qa’ni ko‘chalari kesishmasigacha;
  • “Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi Nazarbek — Mahorat ko‘chalari kesishmasidan Nazarbek — Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari kesishmasigacha.

Yunusobod tumani

  • “Minor” masjidi oldidagi KHAY — KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari kesishmasidan KHAY — Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasigacha;
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi — Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani

“Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY — Qushbegi chorrahasidan KHAY — Fayzli Toshkent ko‘chalari kesishmasigacha.

Yashnobod tumani

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li — Fitrat ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li — Tolimarjon ko‘chalari kesishmasigacha;
  • “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi — Imom Buxoriy — Cho‘lpon ko‘chalari kesishmasidan Cho‘lpon — Salohiyat ko‘chalari kesishmasigacha.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.