Prezident tomonidan imzolangan qonun [O‘RQ-831-son] bilan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori:

  • 2023-yil 1-sentabrgacha 100 milliard so‘mni;
  • 2023-yil 1-sentabrdan 200 milliard so‘mni;
  • 2024-yil 1-apreldan 350 milliard so‘mni;
  • 2025-yil 1-yanvardan 500 milliard so‘mni tashkil etadi.

Ilgari bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 milliard so‘mni tashkil etishi lozim edi.

Shuningdek, tashkil etilayotgan yoki qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali yuqorida nazarda tutilgan kundagi miqdorlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.