19-aprel kuni Toshkent metrosi “Yer usti halqa yo‘li”ning 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtiladi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati

Qayd etilishicha, “Yer usti halqa yo‘li”ning ikkinchi bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni birinchi bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida 7-bekat bir kunga yopilmoqda.

Shu kunda poyezdlar harakati “Do‘stlik-2"-6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatgacha qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.