Samarqand shahrida bir fuqaroni 50 ming dollarga AQShga, yana birini 24 ming dollarga Kanadaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, DXX tezkor tadbirida Samarqand shahrida yashovchi shaxs o‘zining tanishlari yordamida, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni AQShga yuborish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand shahrida yashovchi shaxs hamshahari bo‘lgan ayolning ishonchiga kirib, 50 ming AQSh dollari evaziga u va uning 2013-yilda tug‘ilgan qizini “O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi — Meksika — AQSh” yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilib, zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Boshqa bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi ayol Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 1986-yilda tug‘ilgan qarindoshini 24 ming AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, oldindan 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.