O‘zgidromet Chimyonda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, 2023-yil 8−11-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab dengiz sathidan 2000 metrdan yuqori qismida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.