Mart oyida ulgurji iste’molchilar tomonidan 76,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Jarayon davomida mart oyida 559 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 79 mln kub metr (76,3 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan:

  • Buxoro viloyatida 24,3 mln kub metrni (24,2 mlrd so‘m);
  • Farg‘ona viloyatida 19,3 mln kub metrni (19,3 mlrda so‘m);
  • Jizzax viloyatida 9,9 mln kub metrni (10 mlrd so‘m);
  • Samarqand viloyatida 10,1 mln kub metrni (8,5 mlrd so‘m);
  • Toshkent shahrida 7,1 mln kub metrni (7,1 mlrd so‘m) tashkil etgan.

Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha:

  • AGTKSHlarda 22 ta holatda (41,7 mlrd so‘m);
  • issiqxonalarda 17 ta holatda (1,1 mlrd so‘m);
  • boshqa ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 90 ta holatda (24,9 mlrd so‘m);
  • umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 54 ta (1 mlrd so‘m) holatlar aniqlangan.

Holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.